$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endi xalq davlat sotgan tabiiy boyliklardan haq oladi

Ko

Mamlakatning sotilgan tabiiy boyliklari hisobidan endilikda Milliy farovonlik jamgʻarmasi fuqarolarning hisob raqamlariga pul oʻtkazib boradi.

Hukumati axboroti

Moʻgʻuliston hukumati axborotiga ko'ra, endilikda Moʻgʻuliston aholisi mamlakatning tabiiy boyliklaridan foydalanishdan daromad olishni boshlaydi. Unda aytilishicha, mamlakatning sotilgan tabiiy boyliklari hisobidan endilikda Milliy farovonlik jamgʻarmasi fuqarolarning hisob raqamlariga pul oʻtkazib boradi. Qonun qabul qilinishi bilan eng yirik togʻ-kon sanoati korxonalari oʻz foydalarining 34 foizigacha Milliy farovonlik jamgʻarmasiga depozit qoʻyadi. Ular orasida mis va molibden qazib olish va boyitish boʻyicha Osiyodagi eng yirik korxonalardan biri boʻlgan sobiq Rossiya-Moʻgʻuliston “Erdenet” togʻ-kon boyitish kombinati ham bor.

Iqtisodiy vaziyat va kelajak haqida

“Rasmiylar Moʻgʻulistonda iqtisodiy yuksalish boshlanganidan keyin mamlakat fuqarolariga nisbatan shunday qadam tashladi”, deyiladi xabarda. Maʼlumot o'rnida, Moʻgʻuliston hukumati AQSh, Yaponiya va Xitoydan xorijiy sarmoyalarni hamda mamlakatda moʻl boʻlgan yerosti boyliklaridan foydali qazilmalarni qazib olishning yangi Gʻarb texnologiyalarini jalb qilish boʻyicha faol siyosat olib bormoqda. “Osiyoda yalpi ichki mahsulotning rekord darajada oʻsish surʼatlarini hisobga oladigan boʻlsak, Moʻgʻuliston hozirgi iqtisodiy va siyosiy yoʻnalish saqlanib qolsa, hayot darajasi boʻyicha qoʻshni davlatlarni tezda quvib yetadi”, deydi xabar tarqatgan nashr.

Iqtisodchilar moddiy boyliklardan aholiga ulush berish juda yaxshi yechim ekanligini taʼkidlashmoqda.