$
 12915.18
10.27
 13291.01
-152.03
 115.31
-11.2
weather
+26
Кечаси   +14°

2024-yilda O‘zbekiston xalqaro hamkorlikda qanday yutuqlarga erishdi?

hamkorlik

O‘zbekistonning xalqaro maydondagi faolligi 2024-yilda yana bir bor o‘zini namoyon etdi. Davlat rahbari va hukumatning xorijiy va mahalliy tashabbuslari yirik iqtisodiy, siyosiy va ijtimoiy yutuqlarga olib keldi. Bu jarayon milliy rivojlanish va xalqaro hamkorlikni mustahkamlashda muhim o‘rin tutdi. https://t.me/shmirziyoyev/25287?single

Xorijiy davlatlar bilan faol hamkorlik  

2024-yilda O‘zbekiston xalqaro miqyosda 10 xorijiy davlat rahbarlarini qabul qildi, 44 ta telefon orqali muloqot tashkil etdi, 150 dan ortiq taqdimot va hisobotlar amalga oshirdi hamda 90 dan ortiq uchrashuvlar va muzokaralar o‘tkazdi.  

Xorijiy hamkorlar bilan aloqalar nafaqat rasmiy darajada, balki iqtisodiy va madaniy sohalarda ham samarali olib borildi.  

120 milliard dollarlik bitimlar va 2,000 investitsiya loyihasi  

2024-yilda ikki va ko‘p tomonlama xalqaro tadbirlar davomida 2,000 dan ortiq investitsiya loyihalari kelishuvlari imzolandi va savdo bitimlari jami 120 milliard dollarni tashkil etdi.

Bu ko‘rsatkichlar O‘zbekistonning jahon iqtisodiy maydonidagi faol ishtirokini tasdiqlaydi.  

 Mahalliy tashriflar

Davlat rahbari tomonidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi, Toshkent shahri va viloyatlarga jami 33 ta tashrif amalga oshirildi. Shuningdek, 52 ta yangi loyiha qurilishi boshlanib, 32 ta sanoat korxonasi faoliyatini kengaytirish ishlari nazorat qilindi va 27 ta hudud faollari bilan uchrashuvlar tashkil etildi.  

Bu tashriflar mahalliy iqtisodiyotni rivojlantirish va infratuzilmani yaxshilashga qaratilgan sa’y-harakatlarning bir qismi edi.  

 Xalqaro faoliyatning huquqiy asosi  

2024-yilda huquqiy islohotlar doirasida 123 ta qonun, 120 ta farmon, 424 ta qaror va 63 ta farmoyish qabul qilindi. Bu yutuqlar davlat boshqaruvini yanada takomillashtirish va samaradorlikni oshirishga xizmat qildi.

Теги :
Jamiyat