$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Gripp paytida antibiotik iste’moli immunitet pasayishiga sabab bo‘ladi

gripp

Amerikalik mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan yangi tadqiqotda shu ma’lum bo‘ldiki, gripp paytida antibiotik iste’moli immunitet pasayishiga sabab bo‘ladi.

Shamollash vaqtida antibiotiklardan foydalanish pnevmoniyaga qarshi tabiiy himoyani kamaytiradi

Ma’lum qilinishicha, gripp paytida antibiotiklardan foydalanishning o‘pka immunitetiga ta’sirini baholash uchun Los-Anjeles olimlari intranazal gripp bilan kasallanishning 7 kunidan boshlab keng spektrli antibiotiklar (vankomitsin, neomitsin, ampitsillin va metronidazol) kokteyli bilan davolangan sichqonlarda namunaviy tadqiqot o‘tkazdilar. Tajriba shuningdek, metitsillinga chidamli Staphylococcus aureus (MRSA) ikkilamchi infeksiyani ham o‘z ichiga oladi.

Tadqiqot natijalariga ko‘ra, gripp infeksiyasi paytida antibiotiklardan foydalanish o‘pkada eozinofillar darajasini oshiradi va ikkilamchi bakterial pnevmoniyaga qarshi tabiiy himoyani kamaytiradi. Eozinofil darajalari antibiotiklardan foydalanish, tizimli yallig‘lanish va davolashning yomon natijalari bilan bog‘liq edi.

Bu hamma antibakterial dorilar uchun tegishli emas

Shuningdek, virusli infeksiya paytida antibiotiklar bilan davolash makrofaglar funksiyasining pasayishiga olib keladi, bu oxir-oqibat MRSA ni bartaraf etishni susaytiradi.

Biroq, tadqiqotchilar ma’lum bir antibiotiklar to‘plamiga e’tibor qaratdilar, shuning uchun boshqa antibakterial dorilarni qo‘llash ta’siri boshqacha bo‘lishi mumkin, degan fikrni ham bildirmoqda.