$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

"Yashil tomlar" shahar haroratini pasayishiga yordam beradi

Green roofs

"Kxung Xi" universiteti va "UNSW Sydney" olimlari tomonidan shahar binolari ustida yashil hududlar barpo qilish, kelajak shaharlarni ishlab chiqishda tadqiqot o‘tkazdi. Albatta, tadqiqot Janubiy Koreya misolida olib borildi.

Natija qanday?

 Olib borilgan tadqiqot shuni ko‘rsatdiki, “yashil tomlar” yozda Janubiy Koreya poytaxtini to‘liq darajada sovitishi va maksimal qoplashda energiya sarfini 8 foizga kamaytirishi mumkin. 

Ma’lumot uchun, bu “yashil tomlar”dan shahar darajasida real iqlim va energiya o‘zgarishlarini baholash bo‘yicha birinchi tadqiqotdir.

Ekoshaharga asoslangan tizim

Professor Matteos Santamurisning ta’kidlashicha, “yashil tomlar”ning shahardagi yuqori haroratni sezilarli darajada kamaytirish va energiyani tejash imkoniyatlarini qayd etadi. Yangi binolarga, shuningdek, mavjud binolarga o‘rnatilishi mumkin bo‘lgan bu tomlar shaharning haddan tashqari qizib ketishiga qarshi keng ko‘lamli, tabiatga asoslangan yechimni ifodalaydi.

90 foizlik natija nima beradi?

Modellashtirish shuni ko‘rsatdiki, ko‘proq binolar yashil tom bilan qoplangan bo‘lsa, harorat va energiya sarfi shunchalik kamayadi. 90 foiz qamrovda shahar havosi va sirt harorati mos ravishda 0,54°C va 2,17°Cga kamayadi va binolarning energiya iste’moli taxminan 7,7 foizga kamayadi.

O‘zbekistonda joriy qilinadimi?

Poytaxt shaharsozlari tomonidan bunga o‘xshash loyiha hali kiritilgani yo‘q. Toshkentda binolar zich emas tarqoq joylashganini va yashillik borligini hisobga olgan holda bu tadqiqot qo‘llanilishi amri mahol. Lekin, yildan yilga Toshkentning yashillik darajasi kamayib bormoqda. Ora kunda, ko‘zga tashlanadigan Toshkent havosining ifloslanishi ham "yashil tomlar" tajribasini qo‘llashga olib keladi. Bu orqali ham poytaxtning havosiga ma’lum bir darajada ta’sir qilishi mumkin. 

Agar, tegishli odamlar ushbu xabarni o‘qib turgan bo‘lsa, bu tajribani amaliyotda sinab ko‘rishi yoki tadqiqotni o‘rganib chiqishidan umid qilamiz.

Теги :
Jamiyat