$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Jahon banki O‘zbekistonga grant mablag‘larini ajratdi

Jahon banki

Jahon banki O‘zbekistonga energo tariflar islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamiga ta’sirini yumshatish maqsadida 7,5 mln. dollar miqdoridagi 1-transh mablag‘ini ajratdi. 

Grant ajratilishining to‘liq sababi

Ma’lum bo‘lishicha, grant xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun berilgan. Jahon banki ko‘magida amalga oshirilayotgan "Energetika islohotlari uchun innovatsion resurslarini qo‘llash" (iCRAFT) loyihasi doirasida O‘zbekiston prezidentining 2023-yil 8-avgustdagi qaroriga asosan amalga oshirilmoqda.

1-transh mablag‘lar

Ushbu loyihaning "Qisqartirilgan emissiyalarni sotib olish shartnomasi" (ERPA) komponenti doirasidagi islohotlarni, xususan, energiya tariflari islohotining aholining ijtimoiy zaif qatlamlariga bo‘lgan ta’sirini yumshatish va ularni moddiy qo‘llab-quvvatlash maqsadida ajratilgan 1-transh mablag‘lari hisoblanadi. 1-transh mablag‘lari xalqaro issiqxona gazlari savdosi simulyatsiyasi sifatida O‘zbekistonga qaytarib beriladigan, issiqxona gazlari emissiyasi qisqartirilgani uchun ajratilgan grant mablag‘laridir.