$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Jahon banki Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni rivojlantirish uchun $5 million grant ajratmoqda

Jo

Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Raisi Amanbay Orinbayev Jahon bankining O‘zbekiston Respublikasidagi vakillari Per Gerber, Preslava Nenova va Alban Bellingezlarni qabul qildi. Uchrashuv yakunida, Jahon banki Qoraqalpog‘istonda chorvachilikni rivojlantirish uchun 5 mln. dollar miqdorda grant ajratishiga kelishildi.

Qoramollarning naslini yaxshilash maqsadida pul ajratiladi

Ma’lum bo’lishicha, uchrashuvda Qoraqalpog‘iston Respublikasida chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Jahon banki grant mablag‘larini jalb qilish masalalari muhokama qilindi.

Shu yilning o‘zida Qoraqalpog‘iston Respublikasi uchun 5 million AQSH dollari miqdorida grant mablag‘lari ajratilishi belgilab olinib, noyabr-dekabr oylarida ushbu mablag‘lar hisobidan qoramollarning naslini yaxshilash maqsadida embrion ishlab chiqaruvchi laboratoriya asbob-uskunalari olinib, hayvonlarni identifikatsiya qilish uchun 110 ta planshet, 18 ta kompyuter, chorva hayvonlarini identifikatsiya qilish uchun 3 million 282 mingdan ziyod birkalar bilan ta’minlanadi.

Veterinariya servis xizmatini yaxshilash maqsadida yangi moddiy-texnik baza bilan ta’minlanadi

Shuning bilan birga, Veterinariya va chorvachilikni rivojlantirish qo‘mitasining moddiy-texnik bazasi mustahkamlanib, veterinariya servis xizmatini yaxshilash maqsadida 2 ta maxsus dezinfeksiya avtomobili, 5 tonnalik – 1 ta, 1 tonnalik – 13 ta muzlatkichli kamera hamda 53 ta muzlatkich, 16 ta kompyuter va 16 ta printer bilan ta’minlash belgilanmoqda.

Uchrashuv mobaynida chorvachilik sohasini rivojlantirish maqsadida Jahon banki tomonidan 2,8 milliard so‘m miqdorida kredit mablag‘lari ajratilganligi ta’kidlanib, shu bilan birga, 44 milliard so‘mlik kreditlar ajratilishi rejalashtirilganligi to‘g‘risida ma’lumot berildi.