$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Smartfonlar o‘z egalari haqidagi ma’lumotlarni Googlega jo‘natib turadi

google

Android-smartfonlar o‘z egalarining joylashgan joyini har 15 daqiqada Google kompaniyasiga yuborib turadi, deb xabar beradi Cybernews kompaniyasi. Mutaxassislar kompaniya, agar istasa, oddiy foydalanuvchilar qurilmasidagi sozlamalarni nazorat qilib, biron bir harakatni amalga oshirishi mumkinligi haqida ogohlantirishmoqda.

Smartfon so‘nggi ma’lumotlarni Google serverlariga yuborib turgan

Ma’lum bo‘lishicha, kompaniya tahlilchilari Android asosidagi Google Pixel 9 Pro XL smartfonini xarid qilib, “toza” akkaunt ochdi hamda kiruvchi va chiquvchi trafikni o‘rganishga kirishdi. Jarayonda aniqlanishicha, telefon har 15 daqiqada Google serverlari bilan bog‘lanib, foydalanuvchi haqidagi ma’lumotlarni unga yuborib turgan. 

Shuningdek, telefon muntazam ravishda o‘z egasining joylashgan joyi, telefon raqami, elektron pochta manzili, so‘nggi o‘rnatgan ilovalari ro‘yxati haqidagi ma’lumotlarni kompaniyaga yuborib turgan. 

Smartfon egalari o‘z qurilmalari ustidan to‘liq nazoratga ega emas

Mutaxassislar Android smartfoni egasi foydalanmaydigan servislar haqidagi ma’lumotlarni yuborishini ham aniqlashdi. Masalan, o‘rganuvchilar tadqiqot paytida telefon kamerasi va galereyasidan foydalanmagan, biroq qurilma fotosuratlar haqidagi xizmat bo‘yicha kompaniyaga ma’lumot yuborgan. 

Shuning bilan birga, sinovdan o‘tgan qurilmada masofadan turib boshqarish funksiyasi borligi ham aniqlandi. “Bu degani, kompaniya, agar istasa, oddiy foydalanuvchilar qurilmasidagi sozlamalarni nazorat qilib, biron bir harakatni amalga oshirishi mumkin”, - deydi Cybernews kompaniyasi mutaxassisi Aras Nazarovas. U shuningdek, smartfon egalari o‘z qurilmalari ustidan to‘liq nazoratga ega emasligini ham qayd etdi.