$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

GMning "milliy brendi" o‘zgaradi

gm

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati va Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasi o‘rtasida uchrashuv bo‘lib o‘tdi.

GMning “milliy brendi” o‘zgaradi

“General Motors” kompaniyasining avtomobillarda ba’zi butlovchi qismlar, xususan magnitofonlar yetarlicha yetkazib berilmaganligi tufayli avtomobillar bu qismlarsiz xaridorlarga, avtomobilning bu qismi uchun pullar qaytarilgan holda yetkazilishi ko‘plab norozilik va ijtimoiy tarmoq foydalanuvchilari-yu xaridorlarning bir qator “xeyt”lariga sabab bo‘lgan edi.

Hattoki ba’zi blogerlar bu mavzularda hazil tariqasidagi videoroliklar ham olishgan. Negaki, O‘zbekiston aholising avtomobilga bo‘lgan ehtiyojining juda katta qismini “General Motors” kompaniyasi qoplab beradi.

Muammoning muqobil yechimi, mahsulotni o‘zimiz ishlab chiqarishimiz

“O‘zeltexsanoat” uyushmasi rahbariyati va Turkiyaning “DAIICHI Electronic” kompaniyasining biznesni rivojlantirish bo‘yicha direktori Doruk Kara boshchiligidagi delegatsiya o‘rtasida bo‘lib o‘tgan uchrashuvda ham aynan shu masala, ya’ni, avtomobilsozlik sanoati uchun butlovchi qismlarni respublikamizda ishlab chiqarish muhokama qilindi.

“DAIICHI Electronic” haqida

Bosh ofisi Turkiyaning Istanbul shahrida joylashgan “DAIICHI Electronic” kompaniyasi dunyo avtomobilsozlik sanoatiga elektronika tizimlari yetkazib beruvchi yetakchi kompaniya hisoblanadi.

Uchrashuv yakuniga ko‘ra, “DAIICHI” brendi ostida avtomobillar uchun audio-radio qurilmalarini ishlab chiqarishni mahalliylashtirish, investitsiya loyihasini amalga oshirish bo‘yicha o‘rganishlarni davom ettirishga kelishib olindi.