$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Plastik zarralar jazirama issiqqa sabab bo‘lmoqda

plastik

Olimlar tadqiqot natijasida plastik chiqindilarning zarralari jaziramaga sabab bo‘layotganligini aniqlashdi.

Issiqni saqlovchi gazlar okeanlarda yutilmayaptimi?

Dengiz va okeanlardagi mikroplastik ifloslanish issiqlik to‘lqinlarini kuchaytirishi mumkin, chunki chiqindilar okeanning issiq gazlarni o‘ziga singdirishini sekinlashtiradi.

Boston Shimoli-sharqiy universitetining amerikalik olimlari tadqiqot o‘tkazishlari natijasida yuqoridagi xulosaga kelishdi.

“Qor zarrachalari” issiqlikni yutishni tezlashtiradi

Ming yillar mobaynida okeanlar uglerod aylanishi jarayonining bir qismi bo‘lib, o‘lik fitoplanktonlar to‘planib, qorning zarrachalariga o‘xshash shaklda chuqurlikka tushadi.

Tadqiqot natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, plastik zarralar bu jarayonni sekinlashtiradi va "dengiz qor"ini cho‘kishiga yo‘l qo‘ymaydi.

Karbonat angidrid — issiq zahar

"Aslida, plastmassa dengiz qori erishini sekinlashtiradi, bu esa okean va dengizning atmosferadan karbonat angidridni so‘rib olish samaradorligini pasaytiradi", dedi tadqiqot muallifi professor Aron Stubbins.

Laboratoriya ishlari natijasida shu ma’lum bo‘ldiki, plastmassa bilan ifloslangan fitoplankton parchalari toza bo‘laklarga qaraganda 20 foiz nisbatda sekinroq cho‘kadi.

Shuningdek, tadqiqotchilar mikroplastmassalar tirik fitoplankton tomonidan karbonat angidridning so‘rilish jarayonini kamaytirishini aniqladilar.