$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Sun’iy intellekt shifokor bo‘lish uchun imtihon topshirdi

gigachat

Sechenov nomidagi Birinchi Moskva davlat tibbiyot universitetining akkreditatsiya markazi bazasida GigaChat MAX sinovdan muvaffaqiyatli o‘tdi va “Davolash ishi” mutaxassisligi bo‘yicha birlamchi akkreditatsiyaning nazariy bosqichlariga mos keladigan vaziyatli masalalarni hal qildi.

Robot sinovlardan muvaffaqiyatli o‘tgan

Ma’lum qilinishicha, imtihon ikki bosqichda o‘tgan: 80 ta savoldan iborat test va ikkita vaziyatli topshiriq. GigaChat MAX test qismidan 83% savolga javob berdi (70% o‘tish qiymatida) va muvaffaqiyatli o‘tish uchun minimal 17 ta javobni talab qiluvchi vaziyatli topshiriqlarga 20 ta to‘g‘ri javob berdi.

Shuningdek, tibbiyot oliy o‘quv yurtlarining bitiruvchilari birlamchi akkreditatsiyadan o‘tgandan so‘ng Rossiya sog‘liqni saqlash tizimining ambulatoriya-poliklinika bo‘g‘inida uchastka shifokor-terapevti sifatida ishlash huquqiga ega bo‘ladilar.

2024-yil fevral oyida GigaChat neyron tarmog‘i modeli dunyoda birinchilardan bo‘lib oltinchi bosqich talabalarining shifokor-tabib malakasini olishi uchun zarur bo‘lgan bitiruv imtihonini topshirgan. O‘tgan to‘qqiz oy davomida yuzlab shifokorlar uning malakasini oshirish ustida ishlashdi.

“Sun’iy intellekt shifokorning o‘rnini bosolmaydi”

 “Sberning GigaChat MAX neyron tarmog‘i modeli o‘z malakasini oshirdi. Har bir tibbiyot talabasi Rossiya sog‘liqni saqlash tizimida ishlash huquqini olish uchun bunday akkreditatsiyadan o‘tishi kerak. Bizning neyron tarmog‘imiz ham Rossiyada birlamchi akkreditatsiyaga mos keladigan sinovdan birinchi marta o‘tdi. Bu sog‘liqni saqlashda sun’iy intellektdan amaliy foydalanish uchun juda muhim qadamdir. GigaChat MAX esa o‘rganishda davom etmoqda va odamlarga foyda keltirish uchun tobora aqlli bo‘lib bormoqda. Biz terapiya, kardiologiya, nevrologiya, gastroenterologiya va boshqalarni o‘z ichiga olgan alohida mutaxassisliklar bo‘yicha GigaChat MAXni rivojlantiramiz. Shunga qaramay ta’kidlamoqchimanki, sun’iy intellekt faqat shifokorning yordamchisi uning o‘rnini bosolmaydi”— deydi Sberbank salomatlik industriyasi markazi direktori Sergey Jdanov.