$
 12208.08
32.74
 14116.20
52.46
 155.00
0.71
weather
+26
Кечаси   +14°

Qirg‘izistonda quriladigan “asr loyihasi”ning asosiy tamoyillari kelishib olindi

Qambarota GES-1

Loyihalash ishlari qariyb 43 yil muqaddam Toshkentda boshlangan, qurish uchun birinchi urinish 1986-yilda bo‘lgan, biroq 1991-yilda Sovet Ittifoqi parchalanishi tufayli qurilish to‘xtatilgan, keyinchalik O‘zbekistonning birinchi prezidenti Islom Karimov qurilishiga qarshi bo‘lgan “Qambarota GES-1” loyihasini amalga oshirish ishlari Toshkentda muhokama qilindi

Tadbir ishtirokchilari

Toshkent shahrida bo‘lib o‘tgan davra suhbatida O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov, Qirg‘iziston energetika vaziri Talaybek Ibrayev, Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Sug‘at Yesimxanov, shuningdek, Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryakova ishtirok etgan. Bundan tashqari, tadbirda Jahon bankining Yevropa va Markaziy Osiyo bo‘yicha strategiya va operatsiyalar direktori Karolina Sanches-Paramo hamda infratuzilma masalalari bo‘yicha mintaqaviy direktor Sharl Korme ham qatnashgan.

Tomonlar energetika vazirlarining loyiha borasidagi fikrlari

O‘zbekiston energetika vaziri Jo‘rabek Mirzamahmudov loyiha haqida gapirar ekan, u butun Markaziy Osiyo mamlakatlari uchun katta foyda keltirishini, jumladan, mintaqaviy energiya xavfsizligini mustahkamlashi, yashil iqtisodiyotga o‘tishni tezlashtirishi va suv resurslaridan samarali foydalanishni ta’minlashini ta’kidlagan. Qirg‘iziston energetika vaziri Talaybek Ibrayev esa loyiha haqida quyidagicha fikr bildiradi. “Qirg‘izistonda “Qambarota GES-1” qurilishini “asr loyihasi”, deb ataymiz, chunki u mintaqaviy hamkorlikni kuchaytirish va butun Markaziy Osiyo mintaqasining uzoq muddatli rivojlanishiga xizmat qilish salohiyatiga ega”. Qozog‘iston energetika vaziri o‘rinbosari Sug‘at Yesimxanov uchrashuv suv-energetika sohasidagi mintaqaviy hamkorlikni mustahkamlashning yana bir isboti ekanligini ta’kidlagan. 

Tadbir haqida

O‘z o‘rnida Jahon bankining Markaziy Osiyo bo‘yicha mintaqaviy direktori Tatyana Proskuryaova Jahon banki uch davlat hukumatlarini mintaqaning barqaror energiya kelajagini ta’minlash, iqtisodiy o‘sishni tezlashtirish va fuqarolar turmush darajasini yaxshilash yo‘lidagi sa’y-harakatlarini qo‘llab-quvvatlashini aytadi. Tomonlar “Qambarota GES-1” loyihasini birgalikda rivojlantirish va amalga oshirish bo‘yicha asosiy tamoyillarni kelishib olgan. Shuningdek, tadbirda loyiha asosiy bosqichlari belgilanib, amalga oshirish tuzilmasi tasdiqlanadi.

4,5 milliard dollarlik loyiha

Qambar-ota GES-1 har yili 5 milliard kVt/soat elektr energiyasi ishlab chiqaradi. Qiyos uchun, prezident Japarovning ma’lumotiga ko‘ra, 2024 yilda Qirg‘izistonda elektr energiyasi tanqisligi 3,9 milliard kVt/soatga yetadi. Hozirgi kunda loyiha qiymati 4,5 milliard dollarga baholanmoqda. Loyihani amalga oshirish uchun maxsus kompaniya tashkil etiladi, unda Qirg‘iziston 34% ulushga ega bo‘ladi. Qolgan 66% ulush Qozog‘iston va O‘zbekiston o‘rtasida teng taqsimlanadi

Yangi va eski ma'muriyat munosabatlari

GESning qurilish loyihasiga mamlakatning birinchi prezidenti Islom Karimov va hukumat a’zolari qarshi turishgan. Sababi, quyi oqimdagi O‘zbekiston suv omborini dastlabki to‘ldirish va bundan buyon yillik bug‘lanish Sirdaryoda sug‘orish uchun mavjud bo‘lgan suv oqimini kamayishiga olib kelishi, to‘g‘ondan ishlab chiqariladigan energiya, agar Afg‘oniston kabi janubiy mamlakatlarga eksport qilinsa, O‘zbekistonning elektr energiyasi eksporti bozoriga ham zarar etkazishi mumkin bo‘lgan. O‘zbekiston hukumatining Toshkentdagi ma’lumotlariga ko‘ra, Qambarota-1 suv tanqisligi, shuningdek, O‘zbekistonga ekologik va iqtisodiy zarar yetkazadi hamda xalqaro qonunlarga zid ravishda taklif qilingan. 

Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot