$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

Dunyoning 95 % aholisida uchraydigan virusga qarshi vaksina kashf qilinmoqda

EBV

Dunyodagi eng keng tarqalgan virusga qarshi vaksina o‘ylab topilmoqda. Bu haqda Sog‘liqni saqlash vazirligi matbuot xizmati xabar berdi.

Dunyoning 95 % aholisi EBV ning tashuvchisidir

 Yer yuzi aholisining deyarli 95 foizi Epshteyn-Barr virusi (EBV)ning tashuvchisi hisoblanadi. Ammo ularning aksariyati o‘zida bu virus borligini umri davomida bilmasligi mumkin. Lekin EBV immunitet tushishi sababli “bosh ko‘targanida” yuqumli mononukleoz, skleroz va saratonning ba’zi turlari, xususan, Berkitt limfomasi rivojlanishining asosiy sababchisi bo‘ladi.

Gerpesning bu turi alomatlarsiz bo‘ladi

EBV gerpesning bir turi (4-toifa odam gerpes virusi) bo‘lib , asosan bolalik yoki o‘smirlik davrida yuqadi. Ko‘pincha kasallikka uchragan odam buni sezmasligi ham mumkin, chunki virus hech qanday alomatlarsiz tananing hujayralarini zararlaydi, so‘ng inson organizmida abadiy qoladi. Virus, birinchi navbatda, infeksiyalarga qarshi kurashish uchun javob beruvchi antitanalarni ishlab chiqarishga mas’ul bo‘lgan V-limfotsitlari, ya’ni immun hujayralariga hujum qiladi.

Virusning faollashuvi

 Ba’zida virus faollashishi mumkin: bu holda o‘tkir yallig‘lanish kasalligi — yuqumli mononukleoz rivojlanadi. Unda O‘RVIdagi singari alomatlar kuzatiladi, lekin uzoqroq (bir necha oy) davom etishi mumkin. Ba’zida esa xavfli asoratlarni keltirib chiqarishi mumkin.

Qarshi vaksina

 Afsuski bu virusni davolashning aniq usullari mavjud emas. Olimlar yillar davomida unga qarshi vaksina yaratish uchun ko‘p harakat qilishgan, ammo buni uddalay olishmagan.

 Yaqinda AQSHning Allergiya va yuqumli kasalliklar instituti (NIAID) olimlari tomonidan erishilgan natijalar esa bu borada siljish bo‘lishiga umid borligini anglatadi. Yangi tadqiqot virusning ba’zi zaif tomonlarini aniqladi va maqsadli davolash imkoniyatlarini ochib berdi.

Hali odamlarda sinab ko‘rilmadi

 Natijalar hozircha hayvonlar bilan cheklangan, ammo ular ancha yaxshi ko‘rsatkichlarga ega. Agar keyingi tadqiqotlar odamlarda xuddi shunday natijalarni ko‘rsatsa, vaksina hali bu virus bilan kasallanmagan insonlar uchun istiqbolli profilaktik chora bo‘lishi mumkin. Bu, shuningdek, kasallik yoki transplantatsiya operatsiyasi tufayli immuniteti zaiflashgan bemorlar uchun foydalidir.

Virus tarixi

 Ma’lumot uchun: EBV qanchalik keng tarqalgan va uning oqibatlari qanchalar jiddiy bo‘lishiga qaramay, uni faqat 196- yilda doktor Entoni Epshteyn va uning o‘sha davrdagi aspiranti Ivona Barr kashf etgan. O‘sha paytda bu haqiqiy yangilik bo‘lgan, chunki ilgari saratonni qo‘zg‘atuvchi bironta virus aniqlanmagandi. Undan so‘ng boshqa viruslar, masalan, odam papilloma virusi (OPV) kashf qilindi, unga qarshi esa samarali vaksina mavjud. U 2019-yilda yurtimiz profilaktik emlash kalendariga 11-vaksina bo‘lib kiritilgan.

Теги :
Жамият