$
 12957.01
-11.33
 13485.66
-6.6
 132.13
-0.19
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘tgan yilda virusli gepatit kasalligiga chalinish holati 32,8% kamaygan

gepatit

2024 yilda respublikamizda virusli gepatit V kasalligining 2023-yilga nisbatan 32,8% kamayishi kuzatildi. AOKAda Sanitariya-epidemiologik osoyishtalik va jamoat salomatligi qo‘mitasi rahbariyati ishtirokidagi matbuot anjumanida yuqumli kasalliklarni oldini olish maqsadida respublikada olib borilayotgan ishlar yuzasidan ma’lumot berildi.

 O‘tkir yuqumli respirator kasalliklar

O‘tkir yuqumli respirator kasalliklari – viruslar yoki bakteriyalar sababli kelib chiqadigan va nafas yo‘llariga ta’sir qiladigan kasalliklardir. Ular odatda tomoq, burun, bronx va o‘pkaga zarar yetkazadi.

Eng keng tarqalgan turlari:

Gripp

O‘RVI (o‘tkir respirator virusli infeksiya)

Koronavirus (COVID-19)

Paragripp

Rinovirus

Bronxit

Asosiy belgilari

Burun bitishi yoki oqishi;

Tomoq og‘rishi va qichishishi;

Yo‘tal (quruq yoki balg‘amli);

Isitma (38°C va undan yuqori);

Mushak va bo‘g‘im og‘riqlari;

Holsizlik va charchoq;

Davolash usullari

Ko‘p suyuqlik ichish – organizm suv yo‘qotishining oldini olish uchun (issiq choy, sho‘rva, asal va limonli suv).

Dam olish – immunitet tizimi infeksiya bilan kurashishi uchun tana tinchlanishi lozim.

Allergiya yoki burun shishiga qarshi vositalar

Yo‘tal siroplari (balg‘am ko‘chiruvchi: ambroksol, bromgeksin)

Bu kasalliklar ayniqsa bolalar, qariyalar va surunkali kasallikka chalingan odamlar uchun xavfli bo‘lishi mumkin. Shu sababli o‘z vaqtida davolash juda muhim.

Respublikada bir necha yillardan buyon bu kabi kasalliklarga qarshi amaliy tartibda kurashib kelinmoqda. 31-yanvar kuni AOKAda bo‘lib o‘tgan brifingda ham sohada amalga oshirilayotgan ishlar yuzasidan batafsil ma’lumot berib otildi.

O‘tkir yuqumli kasalliklarni mamlakatga olib kirmaslik choralari

Bugungi kunda respublikada o‘tkir yuqmli kasalliklarni mamlakatga kirib kelishining oldini olish maqsadida, davlat chegarasini o‘tish joylarida 53 ta sanitariya karantin punktlari (SKP) faoliyat ko‘rsatib, kelmoqda. 2024-yilda kuydirgi kasalligini aniqlash maqsadida kuydirgi tuproq o‘choqlaridan respublika bo‘yicha 13 326 ta tuproq namunalari olinib tekshirildi.

Yuqumli kasalliklarga chalinish ko‘rsatkichi pasaygan

2024-yilda, 2023-yilga nisbatan respublikamizda virusli gepatit V kasalligining 32,8% kamayishi kuzatildi. virusli gepatit S kasalligi 0,15% kamayishi kuzatildi.

2024-yilda, 2023-yilga nisbatan respublikamizda virusli gepatit A kasalligi 5,2% kamayishi kuzatilgan.

Shuningdek, qizamiq bilan o‘tgan 2024-yilning yanvar oyida kasallanish jami 5 036 ta holatda qayd etilgan edi. Ko‘rilgan choralar emlash ishlarini jadallashtirilishi natijasida 2025-yilning yanvar oyida kasallik qayd etilishi 45 baravarga kamaydi.

2024-yilda 2023-yilga nisbatan ayrim o‘tkir respirator kasalliklari pasayishi kuzatildi, shu jumladan: gripp kasalligi 7,3%ga, O‘RVI 6,6%ga pasaydi.

Elektron raqamlashtirish tizimi

Sanitariya-epidemiologiya sohasida bir nechta yo‘nalishlarda elektron raqamlashtirish tizimi tashkil etildi. “Elektron vaksina logistikasini boshqarish tizimi” ham ishga tushirildi. Bu vaksinalarni viloyatlarga yuborish, viloyatlardan esa tumanlarga, tumanlardan esa davolash-profilaktika muassasalariga sifatli va sovuqlik zanjiriga rioya qilgan holda yetkazilishini kuzatishga imkon beradi.