$
 12258.38
16.21
 14455.08
-67.81
 159.49
-0.41
weather
+26
Кечаси   +14°

Milleniallar va zumerlar: Nega Z avlod vakillari erkin turmushni afzal ko‘rishadi?

gen

Milleniallar va zumerlar

Milleniallar 1981–1996-yillarda tug‘ilgan avlod bo‘lib, bolaligi internetdan avvalgi davrda, yoshlik yillari esa internetning ilk bosqichlarida o‘tgan toifadir. Zumerlar esa 1997-yildan keyin tug‘ilgan avlod bo‘lib, ular tug‘ilganidan beri texnologiya hayotning ajralmas qismiga aylanib ulgurgan.

Hayotiy qarashlardagi farqlar

Turli tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, milleniallar barqarorlik, karyera va an’anaviy maqsadlarga intilsa, zumerlar erkinlik, moslashuvchanlik va hissiy farovonlikni birinchi o‘ringa qo‘yadi. Milleniallar ko‘proq “ishlamasam bo‘lmaydi” degan ichki majburiyatni his qiladi. Zumerlar esa “avval o‘zlikni anglashni” ko‘proq ustun ko‘rmoqda.

Tiburon Research o‘tkazgan tadqiqotga ko‘ra, milleniallar ishni kech qolsa ham tugatadi, erinish ular uchun strategik kechiktirish xolos. Zumerlar esa ishni ertaga surishni o‘ziga bo‘lgan g‘amxo‘rlik deb qabul qiladi. Ular ruhiy bosim ostida yashashni xush ko‘rishmaydi.

Oila va shaxsiy hayotga munosabat

Milleniallar ko‘pincha avval ish, keyin oila tamoyiliga amal qilishadi. “Moliyaviy barqarorlik” ular uchun juda muhim. Zumerlar esa oila qurishdan avval o‘zini anglashga intiladi. Ular turmush, munosabat yoki farzand masalasini chuqurroq o‘ylab ko‘rish kerak bo‘lgan masalalardan biri deb hisoblashadi.

 Avlodlar almashinuvining ijtimoiy-iqtisodiy hayotga ta’siri

Bu kabi farqlar bugungi kunda nafaqat ijtimoiy hayot, balki iqtisodiyotga ham sezilarli ta’sir ko‘rsatmoqda. Jumladan:

Mehnat bozori pandemiyadan so‘ng zumerlarga moslashib, masofaviy ishlash kundalik hayotda yetakchi o‘rin kasb etdi;

Kompaniyalar ishchi topish uchun ish haqi bilan birga qulay sharoitlar, va rivojlanish imkoniyatlarini taklif qilmoqda;

Iste’mol bozori esa sayohat, xizmat ko‘rsatish kabi yo‘nalishlarga ko‘proq moslashmoqda;

Kelajakda nima bo‘ladi?

Milleniallar barqarorlik, o‘ziga mas’uliyat olish va mehnatga sodiqlikni olib kelgan bo‘lsa, zumerlar erkinlik, moslashuvchanlik va ruhiy salomatlik madaniyatini olib kelmoqda. Kelajak aynan shu ikki yondashuvning uyg‘unlashib borishi bilan shakllanishi mumkin.