$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

105 marta qoida buzgan Gentra 5 soat deganda xatlovga olindi

Gentra

Viloyat MIB axborot xizmatining xabar berishicha, Qarshi shahrida yashovchi shaxs 105 marta yo‘l harakati qoidalarini buzgani va ma’muriy jarimalarni o‘z vaqtida to‘lamagani uchun uning Gentra mashinasiga qidiruv e’lon qilingan.

Qarshilik

Joriy yil 19-iyul kuni MIB xodimlari qarzdorning yashash xonadoniga majburiy ijro harakatlarini olib borish uchun borgan. Shunda qarzdor va uning yaqin qarindoshlari uyda bo‘la turib darvozani ochmagan. So‘ng ijro harakatlariga qarshilik ko‘rsatgan.

10 kun muhlat 

Salkam besh soat davom etgan ijro harakatlari natijasida tegishli tashkilotlar ishtirokida qoidalarni buzgan Gentra qarzdorning uyida ekani aniqlanib, xatlangan. Qayd etilishicha, qarzdorga ma’muriy jarimalarni to‘lash uchun 10 kun muhlat berilgan. Qarzlar to‘lanmasa, mashina auksionga chiqarilishi haqida ogohlantirilgan. MIB Qashqadaryo viloyati boshqarmasi xabarida mashina egasi qancha qarz ekani ochiqlanmagan.