$
 12805.09
-10.04
 13889.68
-8.33
 133.10
-0.1
weather
+26
Кечаси   +14°

​​O‘zbekiston ilk bor Global gender tafovuti indeksi – 2024 hisobotiga kiritildi

Gender tenglik

Global Gender Gap Index 2024-yilgi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston 146 mamlakatlar orasida 0.681 ball bilan 108 o‘rindan joy oldi. Bu haqda “Oila va gender” ilmiy tadqiqot institute xabar berdi.

Global Gender Gap indeksi nima?

Gender tafovut indeksi mamlakatlarni to‘rtta asosiy toifa (subindeks) –sog‘liqni saqlash, ta’lim, iqtisod va siyosat bo‘yicha erkaklar va ayollar o‘rtasidagi tafovutni o‘rganadi va mamlakatdagi gender tengligi holatini baholaydi.

Ta’lim indikatori bo‘yicha 0.990 ball

 O‘zbekiston ta’lim darajasi indikatori bo‘yicha 0.990 ball bilan yaxshi natija qayd etdi. 2024-yilda gender tafovuti eng kichik bo‘lgan davlat Islandiya 0.935 ball bilan mamlakatlar orasida yaxshi natija qayd etgan. Gender tafovutlari eng yuqori bo‘lgan mamlakatlar orasida Yaman (0.568) va Pokiston (0.570) ustunlik qilmoqda.

Barcha subindekslar uchun mumkin bo‘lgan eng yuqori ball – 1 (gender tenglik) va eng past ball – 0 (nomutanosiblik) hisoblanadi.

Теги :
Жамият