$
 12957.14
29.97
 14702.47
-15.11
 156.56
0.83
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Pozitiv hayotmi yoki sokinlik: Z avlod vakillari orasida bo‘linish yuzaga kelmoqda

pozitiv

Z avlod vakillari o‘rtasida qanday hayot kechirish borasidagi qarashlar yuzasidan bo‘linish yuzaga kelmoqda. O‘tkazilgan tadqiqotlarga qaraganda, ko‘pgina Z avlod vakillari uyda o‘tirish va shovqinli kechki bazmlarda qatnashmaslikni afzal ko‘rishgan.

Xotirjam hayotni sevuvchi avlod vakillari

Z avlodi o‘rtasida haqiqiy fuqarolik urushi boshlandi, deb yozadi The New York Post. Ba’zi bir zumerlar o‘zini haqiqiy qariyalardek tutayotgan bir paytda boshqalari ularni zerikarli ekanligi va “qariyalar madaniyati”ni targ‘ib qilishda ayblamoqda.

Ko‘p zumerlar uchun uyda o‘tirish va shovqinli kechki bazmlarda qatnashmaslik normaga aylandi. Ular ongli ravishda alkogol, jinsiy hayot va narkotiklardan voz kechmoqda.

“Men shunchalik charchadimki, o‘zimning katta, qulay karavotimda mushuklar qurshovida lipillab yonayotgan sham yorug‘ida xuddi buvilar singari uxlashni xohlayman”, — deydi zumerlardan biri.

Milleniallar bilan hamnafas yashayotgan Z avlod

Biroq, bu vaqtda boshqa zumerlar har kunni bayramdek o‘tkazib, ko‘ngilxushlik qilishni istaydi. Faqat shovqinli konsertlar va boshqa sarguzashtlargina esda qolishi, uyda zerikib o‘tirishga keyin ham ulgurish mumkinligini ta’kidlovchi milleniallar ham ular tomonda.

Shunday qilib, ushbu avlod orasida keng tarqalayotgan fikr erkinligi natijasida yuzaga kelayotgan ushbu bo‘linish ularning kelajakdagi hayotiga ham ta’sir qilishi mumkin deya hisoblanmoqda.