$
 12928.27
18.47
 13462.21
46.35
 129.66
0.57
weather
+26
Кечаси   +14°

Tadqiqot: Z avlod vakillari “yashash uchun ishlash” tamoyilini qo‘llashga harakat qilishmoqda

gen z

AQShda o‘tkazilgan so‘rov natijalariga ko‘ra, turli avlod vakillarining moliyaviy muvaffaqiyat to‘g‘risidagi tushunchalari keskin farq qiladi. Tadqiqotda bugungi kunning yoshlari hisoblangan Z avlod vakillari va eski avlod vakillarining natijalari solishtirilib tahlil qilindi.

Yangi avlodning yangicha yashash tamoyili

Ma’lum qilinishicha, zamonaviy yoshlar, ya’ni zumerlar uchun moliyaviy muvaffaqiyat yiliga $587.000 daromadga teng bo‘lishi kerak. Bumerlar (1946–1964-yillarda tug‘ilganlar) esa moliyaviy barqarorlik uchun yiliga $99,900 yetarli deb hisoblashadi.

Bunday katta farqning sabablarini zamon va iqtisodiy sharoitlarda ko‘rish mumkin. Zumerlar mehnat bozoriga juda yuqori talablar, narx-navo oshib borayotgan qo‘nimlilik va qimmat uy-joylar sharoitida kirib kelgan. Ular o‘ziga xos “ishlash uchun yashash” emas, balki “yashash uchun ishlash” tamoyilini qo‘llashga intilishyapti.

Z avlodning o‘ziga ishonchi yuqori

Shuningdek, yoshlarning 71% moliyaviy muvaffaqiyatga erishishlariga qat’iy ishonishadi. Bugungi kunda juda yuqori daromadga ega bo‘lish uchun raqobat kuchli bo‘lib, mehnat bozoridagi talablar yuqori. Shuningdek, inflyatsiya va yashash xarajatlarining oshib borishi, ko‘p hollarda, yuqori daromadni ham iqtisodiy mustaqillikka aylantirmaydi.

Eski avlod vakillarining moliyaviy talablari ular yashagan davr bilan bog‘liq

Eski avlod vakillarining pastroq moliyaviy talablari esa ularning yashash davridan kelib chiqadi. Ularning yoshligida iqtisodiy sharoitlar nisbatan barqaror bo‘lib, kamroq daromad bilan ham uy-joy sotib olish yoki katta oila boqish mumkin edi. Ular uchun muvaffaqiyat — shunchaki moliyaviy barqarorlik, yuqori manfaat va moddiy orzulardan iborat bolmagan.

Shu sababli, moliyaviy muvaffaqiyat to‘g‘risidagi tushuncha iqtisodiy vaziyat, hayot tarzi va avlodlarning qadriyatlari bilan bog‘liq. Zamonaviy yoshlar orzulariga erishish uchun qattiq harakat qilishlari kerak bo‘ladi, lekin ularning bu maqsadga nisbatan ishonchi ham alohida ahamiyat kasb etadi. Bu nafaqat iqtisodiy jihatdan, balki ijtimoiy qarashlar nuqtayi nazaridan ham jamiyatda jiddiy o‘zgarishlarni namoyon etmoqda.