$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Paradoksal holat: Gaz qazib olish qisqarib borayotgan sharoitda eksport hajmi oshmoqda

Gaz

Iqtisodiy tahlilchilar mamlakatda gaz qazib olish shiddat bilan qisqarib borayotgan sharoitda eksport to‘xtamaganini “paradoks” deya atamoqda.

Import statistikasi

Prezident huzuridagi Statistika agentligining tashqi savdo to‘g‘risidagi hisobotiga ko‘ra, O‘zbekiston joriy yil yanvar – avgust oylarida 1,15 milliard dollarlik gazni import qilgan. O‘zbekiston joriy yil yanvar – avgust oylarida 1,15 milliard dollarlik gaz import qildi. Gaz importi hajmi 2023-yilning sakkiz oyida 201,8 million dollarni tashkil etgan edi. Bu esa yillik o‘sish ko‘rsatkichi 5,7 baravar ekanidan dalolat beradi. Joriy yilning sakkiz oyi natijasi gaz importining o‘tgan yili umumiy hajmidan (694,9 million dollar) ham ko‘pdir. 

Gaz eksporti

Ma’lumki, O‘zbekiston parallel ravishda gaz eksportini ham yo‘lga qo‘ygan. Yil boshidan buyon yetkazib berish 404,8 million dollarga yetdi, bu o‘tgan yilning shu davriga (377,9 million dollar) nisbatan 7,1 foizga ko‘p. O‘zbekiston gazining asosiy xaridorlari Xitoy, Qirg‘iziston va Tojikistondir. 2023-yil oktyabr oyidan O‘zbekiston Rossiyadan Qozog‘iston hududi orqali gazni revers rejimda import qilib keladi. 

Gaz qazib olish hajimi qisqarmoqda

Iqtisodiy tahlilchilar mamlakatda gaz qazib olish shiddat bilan qisqarib borayotgan sharoitda eksport to‘xtamaganini “paradoks” deb atagan. Sakkiz oy davomida gaz qazib olish hajmi 29,9 milliard kub metrni tashkil etdi, bu o‘tgan yilning shu davriga nisbatan 4,6 foizga yoki 1,46 milliard kub metrga kam.

Теги :
Iqtisodiyot