$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiya gazining Oʼzbekistonga tranziti 11 milliard kub metrgacha oshishi mumkin

Gaz tranziti

Qozogʼiston energetika vaziri Qozog‘iston O‘zbekiston, Qirg‘iziston va Xitoyga gaz tranzitini oshirishni rejalashtirayotganini ma'lum qildi.

11 milliard kub metr

Qozogʼiston energetika vaziri Аlmasadam Satkaliev navbatdagi hukumat yig'ilishlardan birida Qozogʼiston joriy yilda Rossiya gazining Oʼzbekiston va Qirgʼizistonga tranzitini, shuningdek, Turkmaniston va Oʼzbekiston gazining Xitoy Xalq Respublikasiga tranzitini oshirishni rejalashtirayotganini maʼlum qildi. “2023-yil oktyabr oyida Rossiya gazining Oʼzbekistonga tranziti boshlandi. 2023-yilda 1,28 milliard kub metr tashilgan boʼlsa, joriy yilda biz bu koʼrsatkichni 3,8 milliard kub metrga yetkazish va kelgusida yiliga 11 milliard kub metrgacha oshirishni rejalashtirmoqdamiz”, — deya Satkaliev soʼzlaridan iqtibos keltirdi vlast.kz sayti.

Kelajak rejalari

Vazirning so'zlariga ko'ra, Turkmaniston va Oʼzbekiston gazining Xitoyga tranziti ham “barqaror oʼsish”ni koʼrsatmoqda. Uning soʼzlariga koʼra, Qozogʼiston joriy yilda tranzitni 37,1 milliard kub metrga yetkazishni rejalashtirgan, bu oʼtgan yilga nisbatan 1,5 milliard kub metrga koʼp. “Hozirda Rossiya gazini Qozogʼiston orqali Qirgʼizistonga tranzit yoʼli bilan yetkazib berish masalasi koʼrib chiqilmoqda”, — deya qoʼshimcha qildi u.