$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Yanvar oyining boshida 2035 ta noqonuniy gaz iste'moli holatlari aniqlandi

gaz

Hududgazta'minot AJ tomonidan o‘tkazilgan brifingda yanvar oyining dastlabki 15 kunida aniqlangan noqonuniy foydalanish holatlari va gaz ta'minotidagi yangiliklar haqida ma’lumot berildi.

Ungs ko'ra, 2025-yil yanvar oyining dastlabki 15 kunida noqonuniy foydalanish bilan bog‘liq 2035 ta holat aniqlandi. Ushbu jarayon davomida 14,7 million kub metr gaz uchun 33,5 milliard so‘mlik zarar hisob-kitob qilindi. Shu bilan birga, Hududgazta'minot AJ innovatsion texnologiyalarni joriy etish va tabiiy gaz ta'minotini yaxshilash borasida faol ish olib bormoqda.

Tabiiy gaz yetkazib berish ko‘rsatkichlari  

Hududgazta'minot AJ tomonidan qish mavsumining dastlabki ikki haftasida aholiga va yirik iste'molchilarga 1 milliard 575 million kub metr tabiiy gaz yetkazib berildi. Aholi uchun 1 milliard 110 million kub metr gaz ajratilgan bo‘lsa, ijtimoiy soha ob’ektlariga 18,4 million kub metr gaz yetkazib berildi. Shu bilan birga, uzoq hududlardagi iste'molchilarga reja asosida suyultirilgan gaz yetkazilishi ta'minlandi. 

Noqonuniy foydalanish holatlari  

2035 ta noqonuniy foydalanish holatlari aniqlanib, bu jarayon natijasida 33,5 milliard so‘mlik zarar aniqlangan. Bundan tashqari, noqonuniy saqlangan 1279 dona gaz ballonlari va 15 ta "bunker" faoliyatiga chek qo‘yilgan. Bu tadbirlar natijasida aholiga mo‘ljallangan 7,4 ming tonna suyultirilgan gazni talon-taroj qilishning oldi olindi.  

 Yangi texnologiyalar va loyihalar  

Hududgazta'minot AJ tomonidan sohani raqamlashtirish va innovatsion yechimlarni joriy etish ishlari davom etmoqda. Parkent va Shovot tumanlarida avtomatlashtirilgan gaz taqsimoti va hisob balansi tizimi sinovdan o‘tkazilib, kelgusida ushbu loyiha butun respublika bo‘ylab joriy etilishi rejalashtirilgan. Shuningdek, energiya resurslarini tejash bo‘yicha malakali olimlar jalb etilib, resurslardan samarali foydalanish usullari ishlab chiqilmoqda.  

 Xavfsizlik choralari  

Hududgazta'minot AJ iste'molchilarga xavfsizlik qoidalariga qat'iy rioya qilishni tavsiya etadi. Gazdan foydalanishda plitalarni qarovsiz qoldirmaslik, shamollatish tizimiga alohida e'tibor berish, gaz hidi sezilgan holatda darhol 104 raqamiga murojaat qilish kerak.

Теги :
Jamiyat