$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

Yuqori Chirchiqda tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi

gaz

“Hududgaz Toshkent” GTF komplayens nazorat tuzilmalari, “Yuqorichirchiqtumangaz” GTB, Oʻzenergoinspeksiya va prokuratura xodimlari ishtirokida Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanida tabiiy gazdan noqonuniy foydalanish holatlarini aniqlash boʻyicha nazorat tadbirlari oʻtkazildi. Tadbirlar davomida Yuqori Chirchiq tumanida 649 mln soʻmlik tabiiy gazdan noqonuniy foydalangan issiqxona aniqlandi.

Xonadondagi gaz hisoblash uskunasi roʻyxatdan oʻtkazilmagan

Ma’lum bo’lishicha, tumanning “Farovon” MFYda joylashgan xonadonda 70 sotixlik hududda 2 ta issiqxona (50 sotix limon, 20 sotix qulupnay) borligi maʼlum boʻldi. Xonadondagi gaz jihozlari oʻrganilganda 2 dona gazda ishlovchi isitish apparati (OAGV), 2 dona (2 va 4 yondirgichli) gaz plitasidan hech qanday loyiha hujjatlarisiz foydalanib kelinayotgani aniqlandi.

Shuningdek, xonadondagi elektron gaz hisoblash uskunasi tekshirilganda mazkur hisoblagich roʻyxatdan oʻtkazilmagani va taʼminot korxonasi bilan tegishli shartnoma tuzilmagani maʼlum boʻldi.

Davlatga 649 mln. soʻmlik zarar yetkazilgan

Holat yuzasidan dalolatnoma tuzilib, sarflangan tabiiy gaz hajmi qonunchilikda belgilangan tartibda qayta hisob-kitob qilindi. Isteʼmolchi tomonidan 649 million soʻmlik zarar yetkazilgani maʼlum boʻldi. Barcha hujjatlar huquqni muhofaza qiluvchi organlarga topshiriladi.