$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O'zbekistondan Qatarga ishchi kuchi jalb qilinadi

qatar

Qatar mehnat vazirligining ma’lumot berishicha, mamlakatda hozirgi kunda, tibbiyot, ta’lim, IT, maxsulotlarni sanoat usulida qayta ishlash va boshqa sohalarda xorijlik ishchi kuchiga talab yuqori.

Vazirlik darajasidagi uchrashuv

Kambag‘allikni qisqartirish va bandlik vazirligida Qatar davlat mehnat vaziri Ali bin Samih al-Marri boshchiligidagi delegatsiya bilan uchrashuv o‘tkazildi.

Uchrashuvda asosan O‘zbekistondan Qatarga ishchi kuchini jalb etish, ularni tayyorlash va uyushgan tarzda yuborish masalalari ko‘rib chiqildi.

Asosiy muammo — til

Qatarda ishlash istagida bo‘lganlarni qiynayotgan eng katta masala esa til to‘sig‘i ekanligi aytib o‘tildi.

Barcha huquqlar kafolatlanadi

Uchrashuvda Ali bin Samih al-Marri xorijdan borib ishlovchilarning ijtimoiy himoyasi, tibbiy sug‘urtasi, oylik, transport va yashash joylari xarajatlarini ish beruvchi tomonidan to‘liq qoplash yo‘lga qo‘yilganligini va chetdan borib ishlovchi ayollar huquqlarini himoya qilish bo‘yicha qo‘mita tashkil etilganini ta’kidlab o‘tgan.

Shuningdek, uchrashuvda ikki davlat vazirliklari o‘rtasida qo‘shma komissiya tuzilib, uning navbatdagi yig‘ilishi Qatarda o‘tkazilishi va unda hamkorlikni yanada rivojlantirishga oid bitimlar imzolanishi kutilmoqda.