$
 12720.00
-7.96
 13827.91
46.07
 140.04
0.58
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekiston fuqarolari Rossiyaga kiritilmayotgani haqidagi xabarlarga izoh berildi

Rossiya migrantlari

Ijtimoiy tarmoqlarda O‘zbekiston fuqarolarining Rossiyaga kiritilmayotgani haqida xabarlar tarqaldi. Tashqi mehnat migratsiyasi agentligi holat yuzasidan rasmiy ma’lumot berdi.

Haqiqatan ham shundaymi?

Ma’lum qilinishicha, agentlikning Rossiyadagi vakolatxonasi Moskva shahridagi barcha aeroportlarning mas’ul xodimlari bilan bog‘lanib, holatga aniqlik kiritgan.

“Moskva shahridagi Domodedovo, Vnukovo, Sheremetevo ayeroportlarida O‘zbekiston fuqarolarining Rossiya hududiga qo‘yilmayotgani yoki uzoq vaqt davomida ushlab turish holatlari kuzatilmayotgani aniqlandi”, – deyiladi xabarda.

Biror-bir toʻsiq yoʻq

Bundan tashqari, avtomashinalar orqali Rossiyaga kirib kelinadigan Orenburg, Samara, Saratov viloyatlaridagi “Ozinki”, “Mashtakovo”, “Sagarchin” bojxona chegara postlaridagi holatlar ham o‘rganilganda, bu postlar doimiy ish tartibida ishlayotgani, O‘zbekiston fuqarolari biron-bir to‘siqlarsiz Rossiya hududiga kirayotgani ma’lum bo‘lgan.

Eslatib o‘tamiz, so‘nggi kunlarda Tojikiston va Qirg‘iziston o‘z fuqarolariga o‘ta zarurat bo‘lmasa Rossiyaga bormay turishni maslahat bergan.