$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Rossiyada migrantlarning qaysi sohalarda ishlashiga “zapret” qo‘yilgan?

gastarbeiter gastarbayter

22-martda bo‘lib o‘tgan “Crocus City Hall”da bo‘lib o‘tgan teraktdan keyin, Rossiyada migrantlarga bo‘lgan bosim yanada kuchaydi. Shusiz ham bir necha hududlardagi ba’zi sohalarda migrantlar ishlashi taqiqlangan bo‘lsa, endilikda ushbu sohalar soni oshirildi.

35 ta sohada ishlash taqiqlandi

15-aprel kuni Novosibirsk viloyatida iqtisodiy faoliyat bilan bog‘liq 35 ta sohada migrantlarning xizmat ko‘rsatishi taqiqlandi. Ayni ushbu kunda Qrimda ham yana 35 sohada migrantlar mehnatiga 6 oyga chek qo‘yildi. Ular endilikda oziq-ovqat mahsulotlarini ishlab chiqarish, baliqchilik va savdo-sotiq bilan shug‘ullana olmaydi.

Taksi va transport sohasidagi taqiqlar

Mart oyidan boshlab chet ellik ishchilar Voronej viloyatda taksi va boshqa turdagi transport vositalari xizmatidan chetlatildi. Ushbu oyda esa Tulada mehnat muhojirlarining taksi va oziq-ovqat sohasida xizmat ko‘rsatishi to‘xtatildi.

Amur viloyatidagi cheklovlar

Amur viloyatida ish beruvchilar endi 27 sohada migrantlarni ishga yollay olishmaydi. Bu sohalar savdo (ulgurji va chakana), taksi va avtobus xizmati, ichimliklar, bolalar ovqatlari hamda tamaki ishlab chiqarish, metallar qazib olish, o‘simlik yetishtirish va bog‘dorchilik kabilar hisoblanadi.

Yana qaysi sohalarda cheklovlar mavjud?

Rossiyaning yana turli mintaqalarida boshqa ko‘plab sohalarda migrantlar xizmatiga cheklovlar bor. Mamlakatning ba’zi hududlarida ularga tarjimon, kotib, muharrir, moliyachi, buxgalter, shuningdek, tog‘-kon sanoatida, yog‘och savdosida, baliqchilik, ovchilik va yovvoyi hayvonlarni ko‘paytirish bilan bog‘liq ishlar bilan shug‘ullanishi ham taqiqlangan. Migrantlarni noqonuniy ishga olinganda esa, jinoiy javobgarlik belgilangan.