$
 12715.13
-45.08
 14730.48
25.61
 161.75
1.67
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Surxondaryoda bojxona orqali 612 kilogramm “gashish” giyohvandlik vositasini olib kirishga urinish fosh qilindi

supurgi

Surxondaryoda supurgilar dastagiga yashirilgan 612 kg. “gashish” giyohvandlik vositasini olib kirishga urinish fosh qilindi.

13,5 tonna ogirlikdagi supurgi

O‘zbekiston Respublikasi Bojxona qo‘mitasi hamda Davlat xavfsizlik xizmati Chegara qo‘shinlari bilan hamkorlikda yirik miqdordagi giyohvandlik vositalarini respublikamizga olib kirishga bo‘lgan navbatdagi urinish bartaraf etildi.

2025-yil 9-fevral kuni Surxondaryo viloyati bojxona boshqarmasining “Ayritom” chegara bojxona posti orqali respublikamiz hududidan tranzit tarzida o‘tish uchun kirib kelgan yuk avtotransport vositasini belgilangan texnologik sxema asosida bojxona va chegara nazoratidan o‘tkazish jarayonida mazkur avtotransport vositasiga ortilgan 13,5 tonna og‘irlikdagi supurgi xodimlarning diqqatini tortdi.

Shundan so‘ng mazkur avtotransport vositasi “Ayritom” chegara bojxona postiga tutash hududdagi “Termiz” tashqi iqtisodiy foaliyat bojxona posti tasarrufidagi bojxona omboriga keltirilib, undagi tovarlar to‘liq bojxona ko‘rigidan o‘tkazildi.

Moddalar supurgi dastaklariga polietilen o‘ramlar bilan o‘ralgan

Aniqlanishicha, yuk avtotransport vositasiga 180 ta qopda supurgi jo‘xorisi o‘simligidan tayyorlangan 22 ming 500 dona xo‘jalik supurgilari ortilgan.

Mazkur supurgilarni sinchiklab ko‘zdan kechirish davomida, 2986 dona supurgilarning dastaklari orasiga aynan supurgi rangiga mos ravishda – sariq rangdagi skotch bilan o‘ralgan o‘rtacha 25 sm uzunlikdagi polietilen o‘ramlar mohirlik bilan yashirilgani fosh bo‘ldi.