$
 12732.56
3.08
 14181.53
25.08
 139.37
-0.35
weather
+26
Кечаси   +14°

Futzal: Jahon Chempionatining bugungi dasturida chempionlar o‘z o‘yinlarini o‘tkazdi

futsal-9-16

O‘zbekiston mezbonlik qilayotgan futzal bo‘yicha Jahon chempionatining 1-tur o‘yinlari davom etmoqda. Toshkentdagi "Humo Arena" majmuasida amaldagi JCH g‘olibi Portugaliya Panama bilan bellashgan bo‘lsa, Buxorodagi "Universal" sport majmuasida esa 12 karra Osiyo chempioni Eron Venesuelani sinovdan o‘tkazdi. 

O'yinlar natijasi

Toshkentda o‘tgan bahsda amaldagi chempion Portugaliya Panama darvozasiga 10 ta gol urgan bo‘lsa, Eron Buxoroda Venesuelani 7:1 hisobida mag‘lub etdi. 

"E" guruhi. 1-tur. Toshkent

Portugaliya – Panama – 10:1

Gollar: Xayme Penaloza avtogol 4, Afonso Jezus 5, Bruno Koelo 7, Tomas Pako 10, Erik 11, Afonso Jezus 15, Andre Koyeelo 16, Kutchi 19, Andre Koyeelo 28, Pani 36 – Alfonso penalti 34.

"F" guruhi. 1-tur. Buxoro

Eron – Venesuela 7:1 

Gollar: Salar Og‘apur 7, Mahdiy Karimi 9, 12, Behro‘z Azimiy 18, 40, Salar Og‘apur 22, Amir Hussayn Davudi 26 – Milton 14.