$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak — Shavkat Mirziyoyev

Abbos

7 iyun kuni prezident Shavkat Mirziyoyev poytaxtning Yashnobod tumanidagi Dilbog‘ mahallasida bo‘lib, aholi turmush sharoiti bilan yaqindan tanisharkan, shu hududda joylashgan Toshkent shahar futbol akademiyasiga ham tashrif buyurdi.

Toshkent shahar futbol akademiyasi

O‘zbekiston Futbol assotsiatsiyasi huzuridagi Toshkent shahar futbol akademiyasi shu mahallada joylashgan bo‘lib, zamonaviy majmuada yopiq va ochiq sport maydonlari, nazariy mashg‘ulot xonalari, yotoqxona, oshxona va kutubxona mavjud. Hozir bu yerda 12 yoshdan 18 yoshgacha bo‘lgan 154 nafar bola saboq olmoqda. Mashg‘ulotlarga chet ellik mutaxassislar ham jalb qilingan. Stadionlar yoritish va tasvirga olish qurilmalari bilan jihozlangan. Prezident akademiya tarbiyalanuvchilari va O‘zbekiston milliy jamoasi a’zolari Abbosbek Fayzullayev, Abduqodir Husanov va Husniddin Aliqulov bilan uchrashdi.

"O‘zbek futboli ham jahonga chiqa boshladi"

"Futbol bo‘yicha qarorlarimiz, iqtidorli bolalarga e’tibor berganimiz tufayli o‘zbek futboli ham jahonga chiqa boshladi. Yevropa jamoalarida legionerlarimiz ko‘payyapti. Yoshlarimiz Olimpiadaga yo‘llanma oldi. Bu davomiy bo‘lishi uchun endi mahallalarda futbolni rivojlantirish kerak. Qo‘shimcha stadionlar qurib, uning ommaviyligini qo‘llab-quvvatlash zarur" — dedi Shavkat Mirziyoyev.