$
 12931.94
-8.17
 14107.45
51.9
 150.18
4.56
weather
+26
Кечаси   +14°

Bir qator o‘zbek klublari sanksiyalar xavfidan ogohlantirildi

futbol va pul

Oʻzbekiston futbol klublari futbolchilar va murabbiylar oldidagi qarzlarni toʻlashga majbur boʻldi.

FIFA sanksiyalari xavfi

Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi Futbolchilar maqomi va oʻtishi qoʻmitasi FIFA sanksiyalaridan qochish maqsadida klublarning shartnoma majburiyatlariga rioya qilishini oʻrganib chiqdi. Maʼlum boʻlishicha, “Navbahor lochinlari” jamoasi murabbiy, asosiy va ayollar tarkibidagi futbolchilar hamda futzal jamoasi aʼzolari oldida qarzdor boʻlib qolgan.

Yana qaysi klublarda muammolar bor?

“Neftchi” klubi asosiy va ayollar tarkibi futbolchilariga, “Soʻgʻdiyona” esa oʻz jamoasi futbolchilariga pul toʻlamagan. Bundan tashqari, “Soʻgʻdiyona” “Lokomotiv” bilan transfer shartnomasi boʻyicha hisob-kitob qilmagan.

Muhlat 14-fevral

Birinchi ligada ishtirok etuvchi “Jizzax zvezda Boʻston” klubi bir necha oydan buyon futbolchilariga maosh toʻlamayapti.

Qoʻmita barcha klublarga 14-fevralga qadar qarzlarni toʻlash majburiyatini yukladi.

Ma’lumot uchun, hozirda Farg‘onaning “Neftchi” klubi FIFA sanksiyalari ostida bo‘lib, klub uchun transferlar amalga oshirish taqiqlangan.

Теги :
Jamiyat