$
 12910.15
-14.77
 14660.77
40.1
 159.78
-0.16
weather
+26
Кечаси   +14°
oguads

Joriy o‘quv yilida majburiy maktab formasi bo‘ladimi?

Forma

2024-yil 28-avgust kuni poytaxtimizdagi 298-sonli umumiy o‘rta ta’lim maktabida “Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligi tomonidan amalga oshirilgan ishlar va tizimdagi muhim islohotlar” mavzusiga bag‘ishlangan matbuot anjumani bo‘lib o‘tdi. Unda Maktabgacha va maktab ta’limi vaziri Hilola Umarova, vazir o‘rinbosarlari hamda vazirlik mas’ul xodimlari ishtirok etdi.

Joriy yilda 2 678 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etildi

Hilola Umarovaning ta’kidlashicha, hozirgi vaqtda vazirlik tizimidagi 10 mingdan ortiq maktab va 37 mingdan ortiq maktabgacha ta’lim tashkilotlarida 8,7 mln. nafarga yaqin tarbiyalanuvchi va o‘quvchilarga 1 million nafarga yaqin pedagoglar ta’lim berib kelmoqda.

Joriy yilning birinchi yarim yilligida respublikada qo‘shimcha 2 678 ta maktabgacha ta’lim tashkiloti tashkil etilib, 77,1 mingta qo‘shimcha bola o‘rni yaratildi hamda qamrov darajasi 74,6 foizga yetkazildi.

Xorijiy nashriyotlarning darsliklari mahalliylashtirilgan

Anjumanda, maktab darsliklarini yaratish va ularni yanada takomillashtirish borasida olib borilayotgan ishlar sarhisobiga ham alohida to‘xtalib o‘tildi. Qayd etilishicha, o‘tgan vaqt davomida 153 nomdagi (5-11-sinf) zamonaviy darsliklar yaratildi, shu jumladan xorijning Star Publishing, Marshall Cavendish nashriyotining 5-7-sinflar uchun tabiiy fanlar va matematika fanlaridan darsliklari mahalliylashtirildi.

Xalqaro fan olimpiadalarida qo‘lga kiritilgan medallar soni 2,7 barobarga oshgan

Nufuzli xalqaro va mintaqaviy xalqaro fan olimpiadalarida hamyurtlarimiz qo‘lga kiritgan medallar soni oxirgi yillarda 2,7 barobarga oshib, 45 tadan (2022-yil 3 ta oltin, 17 ta kumush, 25 ta bronza) 121 taga (2024-yil 15 ta oltin, 39 ta kumush, 67 ta bronza) yetdi.

O‘zbekistonlik o‘quvchilar ishtirok etadigan xalqaro olimpiadalar soni qariyb 2 barobarga. Bularda ishtirok etadigan o‘zbekistonlik o‘quvchilar soni esa o‘tgan yilga nisbatan 1,7 barobarga ortdi.

Fan olimpiadalari g‘oliblarini taqdirlash masalasi

Shuningdek, anjuman davomida bloger Xushnudbek Xudoyberdiyev fan olimpiadalari hamda sport musobaqalari g‘oliblari ikki xil standart asosida rag‘batlantirilayotgani hamda mazkur masala ijtimoiy tarmoqlarda muhokama bo‘layotganini aytib o‘tdi. Bloger ushbu holat yuzasidan vazirlik rahbariyatining munosabatini so’radi.

“Avvallari fan olimpiadalarida yutgan o‘quvchilar faqat oliy ta’lim muassasalariga o‘qishga kirish imtiyoziga ega bo‘lgan. 2019-yildagi Prezident qarori bilan esa fan olimpiadalari, xususan jahon olimpiadalarida yutgan o‘quvchilarimizni ham rag‘batlantirish tizimi yo‘lga qo‘yildi.

Nafaqat o‘quvchi yoshlarga balki ularning ustozlari ham rag‘batlantiriladi. Bu tizim asosan 5 yo‘nalishdagi fan olimpiadalari uchun ishlaydi. Qarorga ko‘ra xalqaro IT yo‘nalishi, matematika, fizika, kimyo hamda biologiya fan olimpiadalarida birinchi o‘rin olgan, oltin medal sohibiga BHM 500 barobar miqdorida taqdirlanadi. Kumush medal sovrindorlari 300 barobar, bronza medal uchun esa 200 barobar taqdirlanish belgilab qo‘yilgan.

To‘g‘ri, ko‘p hollarda sport musobaqalari va fan olimpiadalari bir xil vaqtda o‘tkaziladi. Ammo bir narsaga e’tibor qaratish lozimki, fan olimpiadalari har yili bo‘ladi. Olimpiada esa 4 yilda bir marta o‘tkaziladi”, – deb javob berdi vazir.

Chet tilini bilish sertifikatiga ega bitiruvchilar soni 18 ming nafarga yetdi

Xorijiy mutaxassislar jalb etilgan 500 ta maktab o‘quvchilarining til bilish darajasi 61 foizdan 65 foizga oshdi. Natijada, 8 951 nafar o‘quvchi (2023-yil - 5 296 nafar) xalqaro sertifikatga ega bo‘lishdi. Xorijiy til o‘qituvchilarining til bilish bo‘yicha sertifikatga ega o‘qituvchilar soni 27 992 nafarni tashkil etib, 56,5 foizga (2023-yilda 32 foiz) yetkazildi.

Ma’lumot uchun, chet tilini bilish sertifikatiga ega bo‘lgan maktab bitiruvchilari soni oxirgi ikki yilda 6 mingdan 18 ming nafarga yetdi.

Joriy yilda 30 ta yangi maktab qurilishi amalga oshiriladi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2023-yil 25-dekabrdagi qaroriga asosan, 2024-yilda jami 608 ta ( 30 ta yangi qurish, 518 ta rekonstruksiya qilish va 60 ta mukammal ta’mirlash) umumta’lim maktablarida qurish, rekonstruksiya qilish va mukammal ta’mirlash ishlari amalga oshirib kelinmoqda.

Shundan, joriy yilda 30 ta yangi maktab qurish hisobiga 17,91 ming va rekonstruksiya qilish hisobiga 163,6 ming yangi o‘quv o‘rinlari yaratiladi. Shuningdek, 62 ta maktablarning mavjud bino-inshootlari keltiriladi. mukammal ta’mirlanib, zamonaviy qiyofaga keltiriladi.

DXSH loyihalari asosida 5 804 o‘ringa mo‘ljallangan 40 ta (3 tasi maktab, 37 tasi MTT) nodavlat ta’lim tashkilotini tashkil etish bo‘yicha mahalliy tadbirkorlar o‘rtasida bitim imzolandi.

Maktab formasini har bir maktab ichlki tartibidan kelib chiqib belgilaydi

Tadbirda o‘quvchilarning maktab formasiga doir savollarga ham atroflicha javob berib o‘tildi. Maktabgacha va maktab ta’limi vazirligining 2023-yil 31-avgustdagi 282-sonli buyrug‘i bilan tasdiqlangan “Umumiy o‘rta ta’lim muassasalarining takomillashtirilgan namunaviy odob-axloq qoidalari”ga muvofiq, yurtimizdagi har bir umumta’lim maktabining bu boradagi o‘z ichki tartib va odob-axloq qoidalari qabul qilingan.

Unga ko‘ra, maktab o‘quvchilarining maktab formasida kelish va maktab formasining shakli tartibi umumta’lim muassasalarining ushbu ichki hujjatlarida belgilangan. Bundan kelib chiqadiki, har birt maktab o‘z ichi tartibidan kelib chiqib maktab formasini belgilaydi.

Maktab formasining joriy etilishi bu ijtimoiy tenglikni ta’minlashi, o‘quvchilarning kiyinish madaniyatiga rioya etilishini ta’minlashda katta ahamiyat kasb etadi.

Теги :
Jamiyat