$
 12814.78
-14.29
 13442.70
97.9
 123.50
-1.41
weather
+26
Кечаси   +14°

“30 Under 30”: O‘zbekistonlik ikki tadbirkor Forbes'ning top reytingiga kirdi

f 11 26

Forbes Middle East nashrining 2024-yilgi “30 Under 30” reytingida Yaqin Sharq va Shimoliy afrikalik 30-yoshgacha bo‘lgan yosh mutaxassislar orasidan o‘zbekistonlik tadbirkorlar Alisher Akbarov va Amal Abdullayev ham joy oldi.

Reyting “kuchi”

Mazkur reyting yosh yetakchilarning yutuqlarini tan olish, ularning innovatsiyalarini qo‘llab-quvvatlash va boshqa startaplar uchun ilhom manbasi bo‘lishda muhim ahamiyatga ega. Bu esa mintaqaviy iqtisodiyot rivojiga yordam beradi.

Tadbirkorlar kim?

26 yoshli o‘zbekistonlik Alisher Akbarov va Amal Abdullayev BAAda joylashgan Comfi platformasining asoschilaridan hisoblanadi. Ushbu “B2B” platforma kichik va o‘rta bizneslar uchun to‘lov va kreditlash xizmatlarini taklif qiladi. Kompaniya Abu-Dabidagi xususiy oilaviy ofisdan $5 mln. qarz mablag‘ jalb qilgan va Sanabil Investments hamda 500 Global’dan $350 ming sarmoya olgan.

Comfi loyihasi haqida

Comfi yetkazib beruvchilar va xaridorlar o‘rtasida moliyaviy yechimlarni taqdim etib, kreditni 90 kungacha uzaytirish yoki oldindan to‘lov olish imkonini beradi. Bugungi kunda platforma 80 ta faol yetkazib beruvchi va 400 ta SME xaridorlar bilan hamkorlik qilib, 5 mingdan ortiq tranzaksiyalarni amalga oshirgan, $5 mln miqdorida kreditlar ajratgan va yillik daromadi $1 mln.ga yetgan.

Shuningdek, kompaniya Tafaseel, Musafir, Meydan Free Zone, Bugyz va Park Lane Motors kabi mintaqadagi yirik SME’lar bilan muvaffaqiyatli hamkorlik qilib kelmoqda.