$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

“Ajdarlar” xalqaro maydondagi yurishini boshlamoqda

Nasaf

Bugun Qarshining “Nasaf” jamoasi OCHL 2 musobaqasining 1-turidan o‘rin olgan uchrashuvda Quvaytning “Quvayt SK” klubiga qarshi maydonga chiqadi.

O‘zaro o‘yinlar tarixi 

O‘zbekiston Superligasi peshqadami va tobora chempionligiga ham yaqinlashib borayotgan Qarshining “Nasaf” futbol klubi bugun o‘zining xalqaro maydondagi ishtirokini boshlaydi. Raqib —  Quvaytning “Quvayt SK” klubi. Qarshiliklar bu jamoa bilan ilk bor to‘qnash kelishmayapti. “Nasaf” bugunga qadar ushbu klub bilan ikki bor to‘qnash kelgan. Ilk o‘yin 2002-yilda, Osiya Chempionlar Ligasi doirasida bo‘lib o‘tgan — 1:1. Ikkinchi bahs esa 2011-yil, OFK kubogi finaliga to‘g‘ri keladi — 2:1. Bu o‘yindagi g‘alaba barcha o‘zbek futboli muxlislari uchun qadrli hisoblanadi. 

Futbolchilarga dam berildi

Championat.asia bosh muharriri Narzulla Saydullayevga ko‘ra, "ajdarlar" Kuvaytga 4 nafar yetakchi futbolchisiz ketgan. Igor Golban, Sherzod Nasrullayev, Jambuli Jigauri va Zoran Marushichga murabbiylar shtabi hordiq chiqarish imkoniyatini yaratib berishgan. Ma’lumot uchun, klub 23-sentyabr kuni Superliga doirasida o‘z maydonida OKMKni qabul qiladi. Bu uchrashuv mahalliy chempionat chempionligi yo‘lida muhim o‘yin sanaladi.

"Quvayt SK" - "Nasaf" jamoalari o‘rtasidagi o‘yin Toshkent vaqti bilan soat 21:00 start olishi rejalashtirilgan.