$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchilari

Abbos Shoma

Rossiyaning SSKA va O‘zbekiston milliy terma jamoasi yarimhimoyachisi Abbosbek Fayzullayev Markaziy Osiyoning eng qimmat futbolchisiga aylandi. 

Sirdaryolik "kichkina shahzoda"  

Transfermarkt portali ma’lumotlariga ko‘ra, o‘zbekistonlik sportchi narxi bir million yevroga oshgan va endi 6 million yevroga baholanmoqda. Qayd etilishicha, qiymatning oshishi 20 yoshli futbolchining muvaffaqiyati bilan bevosita bog‘liq: Fayzullayev klubda ham, milliy va yoshlar terma jamoasida ham yaxshi o‘yin namoyish etmoqda. Abbos o‘tgan mavsumda SSKA safida 32 ta o‘yinda maydonga tushib, 5 ta gol urdi va 14 ta golli uzatmani amalga oshirdi. Fayzullayev O‘zbekiston yoshlar terma jamoasi bilan tarixda ilk bor Olimpiada o‘yinlari yo‘llanmasini qo‘lga kiritdi. 

Keyingi pog‘onalar qanday?

Narx bo‘yicha Markaziy Osiyoda ikkinchi o‘rinni Italiyaning «Kalyari» klubi hujumchisi, o‘zbekistonlik Eldor Shomurodov hamda Qozog‘iston milliy jamoasi hamda Turkiyaning «Beshiktosh» klubi yarimhimoyachisi Baxtiyor Zaynutdinov egallab turibdi. Ularning har biri 5 million yevroga baholangan. Uchinchi o‘rinda Aziz G‘aniyev (O‘zbekiston, Shabab Al-Ahliy) va Nurali Alip (Qozog‘iston, Zenit) – har biri 3 million yevro.