$
 11937.60
-37.19
 13961.02
-47.09
 159.47
-0.17
weather
+26
Кечаси   +14°

G‘azoga yo‘l olgan flotiliya “qamalda”: Yuzlab faollar taqdiri nima bo‘ladi?

kema

G‘azoga yordam olib ketayotgan kemalar yana muammoga duch keldi. 58 ta kemadan iborat flotiliya Isroil harbiylari tomonidan to‘xtatilib, yuzlab odamlar qo‘lga olindi. Ushbu kemalar ikki hafta oldin Ispaniya, Fransiya va Italiyadan yo‘lga chiqqan edi. Hozirda voqea xalqaro darajada bahsga sabab bo‘lmoqda.

Xo‘sh, Isroil nima uchun kemalarni qo‘lga oldi?

Flotilla qanday to‘xtatildi?

Falastinni qo‘llab-quvvatlovchi faollar 22 ta kema Krit oroli yaqinida Isroil kuchlari tomonidan to‘xtatilganini aytmoqda. Ularning so‘zlariga ko‘ra, kemalar G‘azodan qariyb 965 km uzoqlikda ushlangan. Global Sumud Flotilla tashkilotchilari buni “ochiq dengizdagi bosqin” deb atab, kemalar kuch bilan egallangani, dvigatellar buzilgani va aloqa uzib qo‘yilganini aytdi. Ayrim faollar olib ketilgan, boshqalari esa ishlamay qolgan kemalarda qolib ketgani aytilmoqda. Ular orasida 180 dan ortiq tinch aholi vakillari bo‘lgan.

Isroil bunga nima deydi?

Isroil tashqi ishlar vazirligi esa bu voqeani boshqacha tushuntirmoqda. Ularning aytishicha, flotiliya — bu shunchaki PR aksiya bo‘lgan va G‘azo blokadasini buzish xavfi bo‘lgani uchun oldindan choralar ko‘rilgan. Taxminan 175 nafar faol ushlangan va ular keyinchalik Gretsiya sohiliga tushirilishi aytilgan. Isroil operatsiya tinch o‘tganini, hech kim jabrlanmaganini bildirgan. Shuningdek, ayrim kemalarda giyohvand moddalar va boshqa shubhali buyumlar topilgani ham aytildi. Rasmiylar flotiliya tashkilotchilarini HAMAS bilan hamkorlikda harakat qilganlikda aybladi va bu harakatlar Trampning G‘azo bo‘yicha tinchlik rejalariga xalaqit berishini ta’kidladi.

Xalqaro munosabatlar va vaziyat qanchalik jiddiy?

Gretsiya bu vaziyatda ehtiyotkorlikka chaqirib, xalqaro huquqqa rioya qilish kerakligini aytdi va Isroildan kemalarni hududdan olib chiqishni so‘radi. Grek tomoni faollarni qabul qilishga va ularni xavfsiz uyiga qaytarishga tayyorligini bildirdi. Shu bilan birga, Italiya bosh vaziri Giorgia Meloni ham bu harakatni tanqid qilib, ushlangan italiyaliklarni zudlik bilan ozod qilishni talab qildi. Yevropa Ittifoqi ham Isroilni xalqaro qonunlarga amal qilishga chaqirdi. Bu orada yana 36 ta kema Krit yaqinida qolayotgani aytilmoqda.

Bu flotiliya ikki hafta oldin Ispaniya, Fransiya va Italiyadan yo‘lga chiqqan bo‘lib, jami 58 ta kema G‘azo blokadasini buzishni maqsad qilgan edi. Oldin ham shunga o‘xshash flotiliya to‘xtatilgan va yuzlab odamlar qo‘lga olingan.

BMT esa G‘azodagi vaziyat tobora og‘irlashayotganini aytmoqda. Hududdagi 2,1 million aholi urush, ochlik va og‘ir sharoitda yashamoqda. Suv, tibbiyot va boshqa xizmatlar deyarli izdan chiqqan. Bu urush 2023-yil 7-oktyabrdagi hujumlardan keyin boshlangan va hozirgacha o‘n minglab odamlar halok bo‘lgan.

Теги :
Jamiyat