$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Firibgarlarga sotilgan yuzlab avtomobillar

Avtomobillar

Ikki nafar shaxs 91 nafar fuqaroni aldab, pullarini o‘zlashtirgan.

Firibgarlarga mashinalarini oldirib qo‘yishgan

Ma’lum bo‘lishicha, Toshkentda ikki nafar shaxs odamlarni aldab, ularning ishonchiga kirib olgan va chuv tushganlarning pullarini o‘zlashtirib olishgan. Ushbu ikki "shovvoz" internetda avtomobillarni sotib olamiz, degan turli mazmundagi e’lonlarni joylashgan. Ular joylagan e’lonlarga ishonib qolganlar avtomobillari ikki barobar narxiga sotilayotganidan xursand bo‘lib yurishgan, aslida esa, ularni firibgarlar chuv tushirgan edi.

Chiroyli gapiga ishonib avtomobillarini topshirganlar

Ular avtomobil sotganlarga 3 yoki 4 oy pul to‘lashgan, so‘ngra sekingina g‘oyib bo‘lishgan. Aldanib qolganlarning gaplariga qaraganda ular firibgarlarning chiroyli so‘zlariga ishonib, o‘z avtomobillarini qo‘shqo‘llab topshirib yuborishgan. Firibgarlar tezkor qidiruv tadbirlari davomida qo‘lga olindi. Ular yuzlab avtomobillarni olib, sotib yuborishgan hamda mo‘maygina jinoyat ortidan kelgan pullarni o‘zlashtirib yuborishgan. Firibgarlarga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 3-qismi A va B bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, hozirda ularga nisbatan qamoqqa olish ehtiyot jazosi qo‘llanilgan.