$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Fuqarolarni Buyuk Britaniyaga ishga yuborishga va’da qilgan firibgar qo‘lga olindi

pora

Davlat xavfsizlik xizmati xodimlari tomonidan Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti bilan hamkorlikda noqonuniy migratsiyaga qarshi kurashish yo‘nalishida tezkor tadbir o‘tkazildi. Unda fuqarolarni Buyuk Britaniyaga ishga yuborishga va’da qilgan shaxs qo‘lga olindi.

Firibgar 12 ming AQSh dollari bilan qo‘lga tushgan

Ma’lum qilinishicha, Namangan viloyatining Kosonsoy shahrida yashovchi, 1998 y.t. U.S. Samarqand viloyatida istiqomat qiluvchi 4 nafar fuqaroning ishonchiga kirib, o‘zining mansabdor tanishlari orqali ularni Buyuk Britaniya davlatiga ishlash uchun yuborish va buning uchun zarur bo‘ladigan hujjatlarni rasmiylashtirish hamda viza olishda yordam berishini aytib, evaziga 12 ming AQSh dollari olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlandi.

Hozirda mazkur shaxsga nisbatan Jinoyat Kodeksining 168-moddasi 3-qismi “a” bandi va 28,211-moddasi 2-qismi “b” bandi bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari olib borimoqda.