$
 12739.95
7.39
 14191.03
9.5
 139.14
-0.23
weather
+26
Кечаси   +14°

Qo'rg'on ham yondi, ombor ham yondi, "bozor ham yondi"

bozor xora

Xorazm viloyatining Hazorasp tumanidagi bozorlardan birida yong'in sodir bo'ldi.

2 soatga qolmay o't o'chirilgan

Ma'lum qilinishicha, 18-iyun kuni soat 02:30 da Hazorasp tumani "Bog'dor" MFY hududida joylashgan "Hazorasp universal savdo kompleksi" AJ hududida yong'in sodir bo'layotgani to'g'risida FVB ga xabar tushgan. 

Xabarga ko'ra, yong'in-qutqaruvchilar soat 02:35 da voqea joyiga yetib borishgan, yong'in soat 04:04 da to'liq bartaraf qilingan.

Kun qahramonlari

Yong'in-qutqaruvchilarning sa'y-harakatlari natijasida yong'in maydonini boshqa do'konlarga o'tib ketishining oldi olinib, savdo kompleksi hududining 4,2 ming kvadrat metr maydoni saqlab qolingan.

Shuningdek, yong'in oqibatida 300 kvadrat metr maydonda aralash turdagi mollar savdo do'konlari yonib zararlangan. Hozirda yong'inning yuzaga kelish sababi hamda moddiy zarar miqdori aniqlanmoqda.

Теги :
Жамият