$
 12825.43
-12.9
 13493.63
-4.59
 120.98
1.28
weather
+26
Кечаси   +14°

Alisher Usmonov xalqaro lavozimiga qaytdi

Alisher Usmonov

71 yoshli rossiyalik taniqli o‘zbek milliarderi o‘zining sobiq lavozimiga qaytdi. Bugun, 30-noyabr kuni Toshkent shahridagi “Intercontinental” mehmonxonasida Xalqaro qilichbozlik federatsiyasining navbatdagi kongressi bo‘lib o‘tdi. 

Xalqaro kongress

Ushbu nufuzli kongressda dunyoning 137 ta davlatidan 280 nafar mutaxassislar, Sport vaziri Adkham Ikramov, Osiyo Olimpiya kengashi vitse-prezidenti, MOQ raisining birinchi o‘rinbosari Otabek Umarov, Qo‘mita bosh kotibi Oybek Kasimov ishtirok etgan.Kongress kun tartibidagi asosiy voqelik Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentini saylash edi. Tashkilot rahbarligiga rossiyalik tadbirkor Alisher Usmonov hamda Shvetsiya qilichbozlik federatsiyasi raisi Otto Drakenberg nomzodi ko‘rsatilgan.

Yakuniy natijalar

Yakuniy natijalarga ko‘ra, Usmonov 120 ta ovoz bilan federatsiya prezidentligiga saylanadi. Drakenberg esa 26 ta ovoz to‘plashga muvaffaq bo‘lgan. Kongressga qadar Usmonov nomzodi 103 mamlakat milliy federatsiyalari tomonidan qo‘llab-quvvatlangan edi. So‘nggi 2 yilda tashkilotga gretsiyalik Manolis Katsiadakis rahbarlik qildi. 

Алишер Усманов выиграл суд у телеканала ARD по делу о системе подкупа в  фехтовании. Спорт-Экспресс

“O‘zimning sevimli sport turimga sodiqman”

O‘zbekistonlik tadbirkor avvalroq “MatchTV” bilan suhbatda “Dunyoning 100 dan ortiq milliy federatsiyalari tomonidan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidentligiga nomzodim ko‘rsatilishi va qo‘llab-quvvatlanishini xalqaro qilichbozlik bo‘yicha o‘tgan 15 yil davomida erishilgan yutuqlarning e’tirofi va ishonch belgisi deb bilaman. 103 ta federatsiyaning har biriga, qolaversa, meni qo‘llab-quvvatlagan sport rahbarlariga aytgan iliq so‘zlari uchun minnatdorchilik bildiraman. Shu bilan birga, FIE prezidentini saylash tartibi tashkilot Nizomi bilan tartibga solinadi. Noyabr oyi oxirida Toshkentda bo‘lib o‘tadigan Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi Kongressini kutish kerak. Men avvalgidek o‘zimning sevimli sport turimga sodiqman. Xalqaro qilichbozlik hamjamiyatiga bundan keyin ham muvaffaqiyatlar va sport g‘alabalarini tilayman”, degan edi. 

Usmonovning federatsiyalardagi faoliyati

71 yoshli Alisher Usmonov 2001—2009-yillarda Rossiya qilichbozlik federatsiyasi prezidenti, 2005—2009-yillarda esa Yevropa qilichbozlik federatsiyasi rahbari bo‘lgan. U 2008-yildan 2022-yilgacha Xalqaro qilichbozlik federatsiyasi prezidenti sifatida faoliyat yuritgan. Ushbu vaqt orasida Usmonov 2012, 2016 va 2021-yillarda tashkilot rahbarligiga qayta saylangan. 2022-yilda u YEI tomonidan kiritilgan sanksiyalar tufayli o‘z vakolatlarini to‘xtatgan edi.

Теги :
Jamiyat