$
 12822.98
13.93
 13823.17
57.28
 131.24
0.68
weather
+26
Кечаси   +14°

SpaceX fazoga uchirgan internet-sun’iy yo‘ldoshlari soni 200 taga yetdi

kosmik kema

SpaceX kompaniyasi fazoga Starlink tizimining 23 ta kosmik kemasini belgilangan orbitalarga chiqardi. Bu kompaniyaning fazoga uchirgan internet-sun’iy yo‘ldoshlari soni 200 taga yetdi.

Tashuvchi raketa faoliyatini yakunlab Yerga qo‘ngan

Ma’lum qilinishicha, Falcon 9 raketasining uchirilishi 31-oktyabr kuni Toshkent vaqti bilan soat 02:10 da Florida shtatidagi Kanaveral burnidagi Amerika kosmik kuchlari bazasining 40-uchirish majmuasidan amalga oshirildi. Starlink tizimining barcha 23 ta kosmik kemasi belgilangan orbitalarga chiqarildi. Bu haqda “Interfaks” xabar bermoqda.

Regulyatorga yuborilgan arizada Gen2 avlodi sun’iy yo‘ldoshlarining o‘tkazish qobiliyati taxminan sekundiga 100 megabitdan sekundiga 1 gigabitgacha oshirilishi ta’kidlangan.

Shuningdek, yo‘ldoshlarni fazoga uchirish davomida 14 marta ishlatilgan tashuvchi raketaning birinchi ko‘p martalik bosqichi ajratilgandan so‘ng Atlantika okeanidagi A Shortfall of Gravitas dengiz dron platformasiga boshqariladigan vertikal qo‘nishni amalga oshirdi.

Hozirda koinotda SpaceXning 6,5 mingdan ziyod orbitalari faoliyat yuritmoqda

Eslatib o‘tamiz, 2019-yil may oyidan boshlab, Starlink loyihasi doirasida SpaceX kompaniyasi 7,2 mingdan ortiq sun’iy yo‘ldoshni uchirgan. O‘sha vaqtda ularning bir qismi ishlamay qolgan yoki orbitadan tushib ketgan, biroq hozirda 6,5 mingdan ortiq qurilmalar orbitada faol holatda qolmoqda.

Ma’lumot uchun, SpaceX kompaniyasi dunyodagi eng yirik sun’iy yo‘ldosh operatori hisoblanadi. Starlink internet tarmog‘i 72 mamlakatda, jumladan, Shimoliy va Janubiy Amerika, Yevropa, Osiyo, Afrika va Avstraliyada foydalanuvchilar uchun mavjud. Pentagonning ta’kidlashicha, bu sun’iy yo‘ldoshlar xizmatidan Amerika harbiylari ham faol foydalanishadi.