$
 12948.10
-9.04
 14696.09
-6.38
 156.93
0.37
weather
+26
Кечаси   +14°
textileads

2024-yilda davlat ro‘yxatidan o‘tgan farmatsevtika mahsulotlari 30% oshdi

farmatsevtika

O‘zbekiston farmatsevtika sanoati 2024-yilda yirik yutuqlarni qayd etdi. Mahalliy va xorijiy ishlab chiqaruvchilarning 421 nomdagi dori vositasi va 1168 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikasi davlat ro‘yxatidan o‘tkazildi. Bu haqda “Farmasevtika mahsulotlari xavfsizligi markazi” davlat muassasasi axborot xizmati xabar berdi.

Davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan mahsulotlar tarkibi

Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 182 nomdagi dori vositasi va 79 nomdagi tibbiy buyum hamda tibbiy texnikalar ro‘yxatga kiritilgan. Xorijiy ishlab chiqaruvchilar esa 239 nomdagi dori vositasi va 1089 nomdagi tibbiy buyum va tibbiy texnikani davlat ro‘yxatidan o‘tkazgan.

2023-yil natijalari

Ma’lumot uchun, 2023-yilda O‘zbekistonda 1319 nomdagi farmatsevtika mahsulotlari davlat ro‘yxatidan o‘tkazilgan edi. Mahalliy ishlab chiqaruvchilar tomonidan 204 nomdagi dori vositasi va 44 nomdagi tibbiy buyum hamda tibbiy texnika ro‘yxatga kiritilgan bo‘lsa, xorijiy ishlab chiqaruvchilarning mahsulotlari orasida 214 nomdagi dori vositasi va 857 nomdagi tibbiy buyum hamda texnika mavjud edi.

Теги :
Jamiyat