$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

O‘zbekistonda qancha chet el korxonasi bor?

enterprise

Xorijiy investitsiyalar ishtirokidagi korxonalarning uchdan ikki qismi poytaxtda joylashgan.

Chet el korxonalari soni

2024-yilning 1-may holatiga ko‘ra, O‘zbekiston hududida 14 478 ta chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar faoliyat ko‘rsatmoqda. Bu haqida Statistika agentligi o‘zining rasmiy Telegram kanalida ma’lumot berdi.

Eng ko‘p korxona Toshkentda 

Ushbu korxonalarning deyarli uchdan ikki qismi Toshkent shahrida joylashgan bo‘lib, poytaxtda ushbu turdagi korxonalar soni 9 436 tani tashkil etadi. Qolgan hududlarda bu raqamlar sezilarli darajada kam. Xususan, ikkinchi o‘rindagi Toshkent viloyatida 1 629 ta bo‘lsa, uchinchi o‘rindagi Samarqand ushbu korxonalar soni 496 ta. 

Boshqa viloyatlardagi korxonalar

Chet el investitsiyalari ishtirokidagi korxonalar soni boshqa viloyatlarga quyidagicha taqsimlangan:

Farg‘ona viloyatida – 496 ta

Buxoro viloyatida – 349 ta

Surxondaryo viloyatida – 345 ta

Andijon viloyatida – 335 ta

Navoiy viloyatida – 229 ta

Namangan viloyatida – 218 ta

Sirdaryo viloyatida – 213 ta

Jizzax viloyatida – 181 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasida – 181 ta

Qashqadaryo viloyatida – 152 ta

Xorazm viloyatida – 129 ta

Теги :
Jamiyat