$
 11914.67
3.74
 13735.23
-49.29
 148.27
0.78
weather
+26
Кечаси   +14°

Quyoshni tanlayotgan dunyo: 80 foiz quvvatni 15 ta davlat egallashiga ishonasizmi?

Quyosh panellari

2025-yilga kelib quyosh energiyasi dunyoning eng tez rivojlanayotgan energetika manbalaridan biriga aylandi. Visual Capitalist ma’lumotlariga ko‘ra, qurilayotgan va rejalashtirilayotgan loyihalar hisobga olinganda, global quyosh energetikasi quvvati kelajakda qariyb 2,9 milliard kilovattga yetishi kutilmoqda. Bu ulkan ko‘rsatkichning qariyb 80 foizi atigi 15 ta davlat hissasiga to‘g‘ri kelishi prognoz qilinyapti.

1. Xitoy — global yetakchi

Dunyo bozorida Xitoy amaldagi ham, istiqboldagi quvvatlar bo‘yicha ham mutlaq yetakchi bo‘lib qolmoqda. Uning umumiy kelajak quvvati 1,1 million MWac bo‘lib, bu global bozordagi eng katta ko‘rsatkichdir. Faqatgina Xitoyning o‘zi rejalashtirgan quyosh energetikasi loyihalari kelajakdagi global quvvatning taxminan 35 foizini tashkil etadi. Bundan tashqari, quyosh panellari ishlab chiqarishda ishlatiladigan material va komponentlarning 80 foizdan ortig‘i aynan Xitoyda ishlab chiqariladi.

2. AQSh — barqaror o‘sish jarayonida

Xitoydan keying o‘rinda AQSh umumiy 238 ming MWac quvvat bilan ikkinchi o‘rinda turadi. Mamlakatda mavjud va rejalashtirilgan loyihalar hajmi deyarli teng — bu esa quyosh energiyasida barqaror va izchil rivojlanish jarayonini ko‘rsatadi. AQShning Inflation Reduction Act dasturi esa kelajakda uni quyoshdan energiya oluvchi ikkinchi eng yirik davlatga aylantirmoqda.

3. Hindiston — o‘sish sur’ati eng yuqori bo‘lgan davlatlardan biri

Hindistonning jami quyosh quvvati 171 ming MWac bo‘lib, uning katta qismi hali rejalashtirish bosqichida. Mamlakat quyoshli iqlim va katta hududlar sababli jadal rivojlanayotgan bozor hisoblanadi. Hindistondagi Milliy Quyosh Missiyasi esa mamlakatni yetakchilar qatoriga qo‘shish uchun turtki bo‘lyapti.

Shunga qaramay, AQSh va Hindistonning umumiy potensiali ham Xitoyning quvvatidan yarimiga ham yetmaydi.

4. Braziliya — Janubiy Amerikadagi yetakchi

Braziliya 160 ming MWac ko‘rsatkich bilan mintaqasida yetakchi. Loyi­halarning 80 foizdan ortig‘i hali rejalashtirilgan bo‘lib, bu sektorning katta o‘sish salohiyatidan dalolat beradi.

5. “Qolgan dunyo” — 187 mamlakatning umumiy natijasi

Xitoydan tashqari dunyoning 187 davlati birgalikda 385 ming MWac quvvatga ega. Bu katta ko‘rsatkich bo‘lsa-da, baribir Xitoyning o‘zidan ikki barobar kam. Bu hududlar orasida Afrika, Lotin Amerikasi va Osiyoning kichik davlatlari asosiy ulushni tashkil etadi.

6. Ispaniya — Yevropada tez rivojlanayotgan bozor

Ispaniyaning umumiy quvvati 131 ming MWac. Rejalashtirilgan loyihalar ulushi ham yuqori bo‘lib, Ispaniya Yevropaning eng faol quyosh energetikasi markazlaridan biriga aylanmoqda.

7. Avstraliya — tabiiy sharoit tufayli ulkan salohiyat

Avstraliya 126 ming MWac bilan dunyoda etakchilardan biri. Mamlakatning aksariyat hududlari yil bo‘yi quyoshli bo‘lgani sababli istiqboldagi loyihalar juda katta ulushni tashkil etadi.

8. Gretsiya, Turkiya va Yaqin Sharq davlatlari

  • Gretsiya — 66 ming MWac, Yevropaning jadallik bilan o‘sayotgan bozorlaridan biri.
  • Turkiya — 44 ming MWac, Markaziy Osiyo va Yaqin Sharqda muhim o‘yinchi.
  • Saudiya Arabistoni — 27 ming MWac, loyihalarning deyarli barchasi hali qurilish bosqichida.
  • BAA — 20 ming MWac, istiqboldagi keng imkoniyatlarga ega.
  • Ummon — 41 ming MWac, rejalashtirilgan quvvat 96%.
Теги :
Jamiyat
Iqtisodiyot