$
 12927.17
36.74
 14717.58
-3.29
 155.73
-0.31
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlarining oldi olinadi

energiya

Respublikada so‘nggi yillarda energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish va talon-taroj qilish avj olmoqda. Shu sababli ushbu harakatlarning oldini olish maqsadida prezidentning sohaga oid tegishli farmoni qabul qilindi.

 O‘tgan yil mobaynida energiya resurslardan noqonuniy foydalanish holatlari

2024-yilning birinchi yarmida nazorat tadbirlarida 4 537 ta iste’molchi tomonidan tabiiy gaz va elektr energiyasidan noqonuniy foydalanish holatlari aniqlangan. Natijada davlat manfaatlariga jami 550 milliard 290 million so‘m zarar yetkazilgan.

Shuningdek, 2024-yilning dastlabki yetti oyida energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish oqibatida davlatga yetkazilgan umumiy zarar 785 milliard so‘mdan oshgan.

Yoqilg‘i-energetika resurslari behuda sarflanishining oldi olinadi

10-fevral kuni “Energiya resurslaridan noqonuniy foydalanish holatlariga qarshi kurashish sohasi takomillashtirilishi munosabati bilan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining ayrim hujjatlariga o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritish to‘g‘risida”gi Prezident Farmoni qabul qilindi.

Farmonga muvofiq, Prezidentining ayrim hujjatlariga quyidagilarni nazarda tutuvchi o‘zgartirish va qo‘shimchalar kiritildi:

Yoqilg‘i-energetika resurslarini behuda sarflash hamda ulardan noqonuniy va samarasiz foydalanish holatlarini aniqlash;

Sifatsiz yoqilg‘i mahsulotlari realizatsiyasiga chek qo‘yish borasida davlat nazoratini amalga oshirish mexanizmlarini soddalashtirish.

Avvalgi farmonga kiritilgan qo‘shimcha va o‘zgartirishlar

Jumladan, Prezidentining 2023-yil 24-maydagi Farmoniga kiritilgan qo‘shimchaga ko‘ra:

Elektr energiyasi, neft mahsulotlari va gazdan foydalanishni nazorat qilish inspeksiyasi (O‘zenergoinspeksiya) tomonidan yoqilg‘i-energetika resurslarini qazib olish, ishlab chiqarish, qayta ishlash, tashish, saqlash, yetkazib berish (taqsimlash, sotish) va iste’mol qilish faoliyati bilan shug‘ullanadigan xo‘jalik yurituvchi subyektlarda ularning faoliyatini tartibga soluvchi qonunchilik hujjatlariga rioya etilishi bo‘yicha o‘tkaziladigan nazorat tadbirlari doirasida sutkaning istalgan vaqtida o‘tkaziladigan tekshiruvlar tekshiruv boshlangandan so‘ng 24 soat ichida “Yagona davlat nazorati” axborot tizimida ro‘yxatga olish orqali vakolatli organni xabardor etish tartibida amalga oshiriladi.