$
 12933.16
-14.94
 14719.23
23.14
 158.28
1.35
weather
+26
Кечаси   +14°
powerads

Energiya resurslaridan qarzdorlikni o‘chirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi

energiya

Bosh prokuratura huzuridagi Departament va DXX xodimlari tezkor reyd tadbirini o‘tkazish jarayonida energiya resurslaridan qarzdorlikni o‘chirishni va’da qilgan shaxslar qo‘lga olindi.

Davlatga to‘lanishi kerak bo‘lgan qarz hamyonga kirgan

Ma’lum qilinishicha, bosh prokuratura huzuridagi Departamentning Bulung‘ur tumani bo‘limi hamda DXX xodimlari hamkorligida o‘tkazilgan tezkor tadbirda “Bulung‘ur tumangaz” gaz ta’minoti bo‘limi mahallada ishlash xizmati gazchisi S.X. fuqaro M.B.ning xonadonida ko‘rik davomida tabiiy gaz ta’minotidan aniqlangan 1,6 mln so‘m zararni 14 mln so‘m ekanligini aytib, go‘yoki ushbu zarar miqdorini kamaytirib berishi evaziga M.B.dan 4,4 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Shunng bilan bir qatorda, Departamentning Olmaliq shahri bo‘limi tomonidan o‘tkazilgan tezkor tadbirda Olmaliq shahar ETK hisobchisi Z.A. fuqaro D.N.ning “Do‘stlik” MFYdagi uyining elektr ta’minotidan 5 mln so‘m qarzdorligini yo‘q qilib berishi evaziga 3 mln so‘mni olgan vaqtida ashyoviy dalillar bilan ushlangan.

Aybdorlar jazo olish arafasida

Yuqoridagi holatlar yuzasidan Jinoyat kodeksining 168-moddasi (firibgarlik) va 28, 211-moddasi (pora berish) bilan jinoyat ishlari qo‘zg‘atilib, tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.