$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi tashkil etiladi

Energetik kadr

Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli o‘tagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.

Vazirlar Mahkamasining qarori bilan energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish chora-tadbirlar tasdiqlandi.

Elektr energetikasi va neft-gaz sohasida ishlovchi 80 ming kishi

Bugungi kunda elektr energetikasi va neft-gaz sohasida 80 ming kishi mehnat qilmoqda. Shu bilan birga, energetika sohasi xodimlarini qayta tayyorlash va malakasini oshirishning yagona tizimi yo‘qligi soha obyektlaridagi taʼmirlash ishlari sifatiga salbiy taʼsir ko‘rsatib, avariyalar va halokatlar sonining o‘sishiga sabab bo‘lmoqda. Energetika vazirligi huzuridagi “O‘zenergoinspeksiya”, "Issiqlik elektr stansiyalari" AJ, “O‘zbekgidroenergo”, "O‘zbekiston milliy elektr tarmoqlari", “O‘zbekneftgaz”, “O‘ztransgaz” va “Hududgaztaʼminot” hamda “O‘zkimyosanoat” taʼsischiligida hududiy filiallarga ega bo‘lgan Energetika sohasida kadrlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish markazi MCHJ shaklida tashkil etilmoqda.

Markazning vazifalari

Markazning asosiy vazifalari:

- zamonaviy talablarga muvofiq kadrlar taʼlimi sifatini taʼminlash;

- zarur kasbiy kompetensiyalar darajasini shakllantirish, o‘z kasbiy bilim, ko‘nikma va malakalarini doimiy takomillashtirish mexanizmlarini joriy etish;

- ilg‘or xorijiy tajriba asosida o‘quv dasturlarini ishlab chiqish;

- o‘quv jarayoni sifati va samaradorligini tahlil qilish va monitoring qilishning raqamli axborot tizimlarini joriy etish;

- energoaudit va energomenejment bo‘yicha maxsus o‘quv kurslarini tashkil etish;

- malaka oshirish uchun raqamli taʼlim resurslarini yaratish va masofaviy taʼlim tizimini joriy etish va boshqalar.

Malaka oshirish kurslari

2025-yil 1-apreldan boshlab energetika sohasidagi davlat tashkilotlari va korxonalarida ishlayotganlar malakasini oshiradilar:

- rahbarlar va mutaxassislar - besh yilda kamida bir marta;

- muhandis-texnik, ishlab chiqarish va ishchi xodimlar - uch yilda kamida bir marta.

2025-yil 1-aprelgacha Markaz energetika sohasida xodimlarni qayta tayyorlash va malakasini oshirish bo‘yicha o‘quv kurslarini tashkil etish, shuningdek yakuniy imtihonlar o‘tkazish uchun maxsus elektron platformani ishga tushiradi.

Markazda qayta tayyorlash va malaka oshirish kurslarini muvaffaqiyatli o‘tagan tinglovchilarga tegishli sertifikat beriladi.