$
 12869.90
-4.96
 13496.66
-28.38
 124.94
1.88
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi yildan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi

Jamshid

Bugun, 18-dekabr kuni bo‘lib o‘tgan Senat yalpi majlisida “2025-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat byudjeti to‘g‘risida”gi qonuni muhokama qilindi. Qonun yuzasidan bosh vazir o‘rinbosari — iqtisodiyot va moliya vaziri Jamshid Qo‘chqorov maʼruza qildi. Uning ma’lum qilishicha, yangi yildan elektr va tabiiy gaz tariflari oshadi.

Kelgusi yildan energetika sohasiga 12,3 trillion so‘m ajratiladi

Ma’lum bo‘lishicha, 2025-yilda byudjetdan ajratiladigan jami subsidiyalar miqdori 28,3 trillion so‘m bo‘lishi kutilmoqda. Shundan qariyb 12,3 trillion so‘mi energetika sohasini qo‘llab-quvvatlashga sarflanadi. Xususan, tabiiy gazni sotib olish va sotish narxlaridagi tafovutni qoplashga 7 trillion so‘m, elektr energiyasidan ko‘rilgan zararni so‘ndirishga 500 milliard so‘m subsidiya beriladi.

Muhokamada senator Anvar To‘ychiyev nima uchun davlat byudjetidan subsidiya davom etayotgani va buning katta qismi energetika sohasi bilan bog‘liqligiga urg‘u berdi

Ajratilayotgan subsidiyalarning katta qismi energetika sohasiga — 12,3 trillion so‘m ajratilmoqda. Sohani subsidiyalash bozor tamoyillariga mos ravishda o‘zgarib borishi kerak emasmi? Subsidiyalash sohani samaradorligiga, tariflarga qanday taʼsir ko‘rsatadi?, deya savol berdi senator.

2028-yildan boshlab subsidiyalar byudjetdan berilmaydi

Savolga bosh vazir o‘rinbosari javob berar ekan, tariflar xarajatlari o‘zini to‘liq qoplaydigan darajaga chiqmaganini birinchi sabab qilib ko‘rsatdi.

Ikkinchidan gazning bir qismini import qilayotganimiz. Shuning uchun, tariflarni to‘liq o‘zini o‘zi qoplaydigan darajaga o‘tkazmasdan boshqa ilojimiz yo‘q. Joriy yilda tariflar oshgan bo‘lsa, Vazirlar Mahkamasining qarorida 2025-yil 1-apreldan yana bir marta oshirish taklifi maʼqullangan. Kelgusi yildan tariflar oshadi.

Kelgusi 2025-yilda gaz va elektr energiyasi uchun 7,5 trillion so‘m subsidiya ajratilayotgan bo‘lsa, bu yil bu summa 12 trillion so‘mni tashkil etdi, yaʼni kamayib bormoqda. Subsidiyalarni berish qachon to‘xtadi, deb savol beradigan bo‘lsangiz, 2025-2026-yillarda ham davom etadi, 2027-yil keskin pasayadi, 2028-yildan boshlab subsidiyalar byudjetdan berilmaydi,— dedi Jamshid Qo‘chqorov.