$
 12930.11
-11.9
 13390.42
48.5
 120.94
3.82
weather
+26
Кечаси   +14°

Farg‘onada 2 yoshli bolaga vasiy qilib belgilangan enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi

enaga

Ijtimoiy tarmoq monitoringi doirasida kichik yoshdagi qizning enagasi tufayli og‘ir jarohat olganligi haqidagi xabar tarqaldi. Mazkur holat Bolalar ombudsmani tomonidan nazoratga olinishi natijasida, hozirda mazkur enagaga nisbatan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi.

O‘z ishiga mas’uliyatsiz qaragan enaga

Ma’lum qilinishicha, Farg‘ona shahrida yashovchi fuqaro Gʻ.M (1988-yilda tug‘ilgan ayol) Rossiya Federatsiyasiga ishlash uchun ketishi sababli voyaga yetmagan qizi Gʻ.I.(2022-yilda tug‘ilgan)ni rasmiy ravishda ishonchnoma asosida M.X. (1988 yilda tug‘ilgan ayol) ning qaramog‘iga topshirib, 2024-yil avgust oyida jo‘nab ketgan. Shuningdek, ona enaga M.X ga xizmat xaqqi va bolaning kunlik sarf-xarajatlari uchun pul jo‘natib turgan.

2024-yil 15-noyabr kuni voyaga yetmagan Gʻ.I yashash xonadonidagi zinadan tushayotgan vaqtda yiqilib, og‘ir tan jarohati olganligiga qaramay, enaga ayol bolaning sog‘ligini xavf ostiga qo‘yib uni shifoxonaga olib bormagan. 

Oqibatda bolaga bosh miya lat yeyishi va boshqa xayot uchun xavfli bo‘lgan og‘ir shikastlar tashxisi qo‘yilgan.

Enaga ayolga nisbatan tegishli tartibda ish qo‘zg‘atilgan

Joriy yilning 5 yanvar kuni M.X. JKning 117-moddasi 1-qismi va 104-moddasi 2-qismi “b,v” bandlar bilan gumonlanuvchi sifatida jalb qilinib, ayol O‘zbekiston Respublikasi JPKning 221-moddasi tartibida ushlandi.

Mazkur jinoyat ishiga oid dastlabki tergov doirasida bolaning hayoti va sog‘lig‘iga qarshi sodir etilgan har qanday harakatlarga to‘liq baho berilishi ta’minlanadi.