$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Yagona dispetcherlik xizmati tashkil etiladi

operator

Endilikda 112 qisqa raqami orqali barcha shoshilinch yordamlariga ulanish mumkin bo‘ladi.

Yagona qisqa raqamli xizmat

Joriy yilning 29-mayida qabul qilingan hukumatning 304-sonli “Yagona dispetcherlik xizmati faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida”gi qarorga ko‘ra, “112” raqamli yagona markaz tashkil etiladi. Bu markazda fuqarolarning yagona qisqa raqam orqali chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatik javob berishga xizmat qiladi.

Markaz tarkibi

Ushbu markaz bir vaqtda Ichki ishlar vazirligi, Favqulodda vaziyatlar vazirligi, Sog‘liqni saqlash vazirligi, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Ijtimoiy himoya milliy agentligi hamda “Hududgazta’minot” aksiyadorlik jamiyatini birlashtirib turadi hamda mamlakatning barcha hududlaridan shoshilinch chaqiruvlarni qabul qilib, ularga yordam beradi.

Xizmatning vazifalari

“112” yagona dispetcherlik xizmati vazifalari quyidagilardan iborat:

  • fuqarolarning chaqiruvlarini qabul qilish va avtomatlashtirilgan tarzda qayta ishlash, ularga bepul asosda shoshilinch, tez va kechiktirib bo‘lmaydigan yordamni tashkil etish va ko‘rsatish;
  • shoshilinch yordam ko‘rsatishni boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari tomonidan fuqarolarga o‘z vaqtida yordam ko‘rsatilishi yuzasidan tizimli nazorat yuritish;
  • vazirlik va idoralarning shoshilinch xizmatlari o‘rtasida yaqindan axborot almashinuvi bo‘yicha tezkor o‘zaro hamkorlikni ta’minlash.

Ishga tushirilishi tartibi

“112” yagona dispetcherlik xizmati quyidagicha ko‘rinishga ishga tushiriladi:

2024-yil 1 iyundan Toshkent shahri va Toshkent viloyatida;

2024-yil birinchi yarim yilligida Andijon, Namangan va Farg‘ona viloyatlarida;

2024-yil yakuniga qadar Qoraqalpog‘iston Respublikasi va qolgan viloyatlarda.