$
 12855.93
11.93
 13570.72
20.3
 128.16
-0.14
weather
+26
Кечаси   +14°

Yangi texnologiya: Homiladagi embrionning IQ darajasini aniqlash mumkin

embrion

Amerikalik Heliospect startapi ota-onalarga $50 000 evaziga embrionlarning ehtimoliy IQ darajasi va boshqa xususiyatlarini aniqlash imkonini taklif qilyapti. Ushbu texnologiya Buyuk Britaniya Sog‘liqni saqlash vazirligining bioma’lumotlar bazasiga asoslangan.

Britaniya kompaniyasi AQShda faoliyat yuritmoqda

Ma’lum qilinishicha, yangi texnologiya, genetik prognoz qilish tizimi yordamida embrionlarni aql-zakovat, jins, bo‘y, semizlikka moyillik, ruhiy salomatlik va boshqa jihatlar bo‘yicha saralashni ta’minlaydi.

Heliospect hozircha o‘z xizmatlarini EKO jarayonidan o‘tgan 12 juftlikka taqdim qilyapti. Kompaniya vakillari IQ darajasi bo‘yicha tanlangan embrionlar bola hayoti davomida aql-zakovat ko‘rsatkichini o‘rtacha 6 punktga oshirishini da’vo qilyapti. Shunga qaramay, Britaniya qonunchiligida IQ-skrining taqiqlangan bo‘lib, kompaniya bu jarayonni asosan AQSHda qonuniy tarzda olib boryapti.

Texnologiya kelajakda “elita” bolalarni shakllantirishga xizmat qiladimi?

Shuningdek, kompaniya direktori Maykl Kristensen bu jarayonning avtomatlashtirilgan yoki “elita” bolalarni yaratishga qaratilmaganligini ta’kidlayapti. Lekin kelajakda psixopatiya, narsissizm va boshqa shaxsiy xususiyatlar bo‘yicha ham tahlil qilish imkoniyatlari muhokama qilinyapti.

Ushbu jarayon jamiyatda katta bahs-munozaralarga sabab bo‘lmoqda. Ba’zilar bunday texnologiya inson hayotini yaxshilashga xizmat qilishi mumkinligini ta’kidlasa, boshqalar uning qonuniylik va axloqiy jihatlari bo‘yicha xavotir bildiryapti.