$
 12844.21
-11.72
 13508.26
-62.46
 127.35
-0.81
weather
+26
Кечаси   +14°

Endilikda Farg‘onada Xitoy elektromobillari ishlab chiqariladi

Elektromobil

Xitoyning China Xiaou Group kompaniyasi bilan Farg‘onada yirik avtomobilsozlik majmuasini barpo etish loyihasini amalga oshirish bo‘yicha kelishuv imzolandi. Majmua 5 yil ichida foydalanishga topshiriladi. Viloyat hokimi Xayrullo Bozorov boshchiligidagi Farg‘ona viloyati delegatsiyasi Xitoyga tashrifi davomida China Xiaou Group kompaniyasi bilan mazkur loyiha bo‘yicha kelishuvga erishgan.

Loyihani Xitoy moliyalashtiradi

Ta’kidlanishicha, ushbu proyekt viloyat hududida 3 bosqichda 1,5 mlrd. dollar to‘g‘ridan-to‘g‘ri Xitoy investitsiyasi hisobiga amalga oshiriladi. Ilk bosqichda 50 mln. dollar investitsiya hisobiga yig‘ish, bo‘yash, sozlash liniyalarini yo‘lga qo‘yib, yiliga 60 mingta gaz, elektr va gibrid motorli avtomobillar hamda maxsus transport vositalari ishlab chiqariladi.

Ikkinchi bosqichda 350 mln dollar, uchinchi bosqichda esa 1,1 mlrd dollar investitsiya yo‘naltirilib, butlovchi qismlarning ko‘pi mahalliylashtirilishi hamda ishlab chiqarilayotgan avtomobillarning soni 110 mingtaga yetkazilishi ko‘zda tutilgan.

Qachon ishga tushadi?

Loyiha 5-yil davomida to‘la yakunlanishi rejalashtirilgan. Delegatsiya Chjenszyan shahrida joylashgan, China Xiaou Group kompaniyasining hamkori bo‘lgan BAIC Bluepark Magna Automobile zavodiga ham borib, elektromobillar ishlab chiqarish jarayonlarini kuzatgan. Kompaniya rahbari Xuan Xe Farg‘onada amalga oshirishi rejalashtirilayotgan investitsion loyiha doirasida yo‘lga qo‘yiladigan texnologik jarayonlarni ushbu korxonasi misolida tanishtirdi. Ma’lumot o‘rnida, ushbu korxonada asosan Arcfox, shuningdek, BJEV hamda Huawei texnologiyalari qo‘llanilgan Stelato modellarida yiliga 150 mingdan ziyod elektromobil ishlab chiqariladi.